Rossiya musulmonlari modern asriga qadam qo‘ydi
Download 420.89 Kb.
|
O'zTIL 1-savol
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rossiya musulmonlari modern asriga qadam qo‘ydi
- Xiva xonligi, Buxoro amirligi, Turkiston ASSR
- Lotinlashtirishning boshlanishi
- Aleksandr Samoylovich , Lev Shcherba
1. XX asrda O‘zbekiston tashkil topishi bilan bu erda shakllangan millat – o‘zbeklar uchun yozma til ishlab chiqish muammosi ko‘tarildi. Bunga qadar o‘zbeklar hamda uning ajdodlari arab xatiga asoslangan fors alifbosidan foydalanib kelgan edi. Zamon o‘zgarishi, til zamonaviylashishi va boshqa omillar tufayli alifboni qayta ko‘rib chiqishga ehtiyoj tug‘ildi. Rossiya musulmonlari modern asriga qadam qo‘ydi XIX asrning ikkinchi yarmida qrimlik buyuk islohotchi – Ismoil Gasprinskiy boshlab bergan ma’rifatparvarlik faoliyati Usmonli saltanati, Erondagi Qojar davlati, Rossiya va Sin imperiyalarida istiqomat qiluvchi turkiy tilli musulmonlar orasida chinakam modernizm harakatiga aylandi. Shu davrdan XX asr 20-yillariga qadar bu xalqlar intelligensiyasi turli integratsion loyihalarni ilgari surdi. Bu loyihalar ichida barcha turkiy xalqlar uchun lotin yozuvi negizida yagona alifbo ishlab chiqish g‘oyasi ham bor edi. Loyiha nomi – yanalif (“yangi alifbo” birikmasining qisqartmasi). Yanalifdagi gazeta, Qozog‘iston SSR. Foto: Wikipedia O‘rta Osiyoda milliy respublikalar tuzilishidan avval uchta davlat tuzilmasi bor edi: Xiva xonligi, Buxoro amirligi, Turkiston ASSR. Ularning intelligensiyasi 1920-yildan e’tiboran yanalif loyihasini muhokama qila boshladi, lekin ziyolilarning kattaroq qismi (ayniqsa buxoroliklar) arab alifbosini modernizatsiya qilish tarafdori bo‘lib qolaverdi. 1921-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘lka syezdida “lotinchi”lar mag‘lub bo‘ldi. 1924–1925-yillarda milliy respublikalar tuzilishi bilan o‘zbek ziyolilari bitta davlat tuzilmasida to‘plandi va sa’y-harakatlarini birlashtirdi. Toshkentda Yangi alifbo markaziy qo‘mitasi tuzildi. U yangi alifbo yaratish ishlarini muvofiqlashtirib bordi.
1926-yilgi Boku syezdida barcha turkiy xalqlar uchun yagona lotin alifbosi joriy etilishi haqida qaror qabul qilindi. Qaror ijrosini O‘zbekistonda ta’minlash uchun bir qancha alifbo loyihalari ilgari surildi. Ular 1929-yil may oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan imlo konferensiyasida ko‘rib chiqildi. Konferensiyada rus turkologlari Aleksandr Samoylovich, Lev Shcherba, qrimtatar tilshunosi Bakir Cho‘bonzoda, o‘zbek olimlari Sadriddin Ayniy, Fitrat va boshqalar qatnashdi. 1928-yilda Yangi alifbo markaziy qo‘mitasi taklif etgan alifbo loyihasi. Foto: Zaynobiddin Abdurashidov Muhokamalar natijasiga ko‘ra: - o‘zbek tilini yozuvda ifoda etish uchun 34 harfdan iborat lotin alifbosi qabul qilindi; - o‘zbek adabiy tili qipchoq shevalariga asoslanishi belgilandi; - yozuvda singarmonizm – unlilar uyg‘unligi aks etishi, barcha o‘zlashma so‘zlar bu qonuniyatga moslab yozilishi tasdiqlandi. Download 420.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling