Rossiya musulmonlari modern asriga qadam qo‘ydi
Kirillashtirish va ruslashtirish
Download 420.89 Kb.
|
O'zTIL 1-savol
Kirillashtirish va ruslashtirish 1938-yilda SSSRdagi barcha tillar (gruzin va arman tillaridan boshqa) kirill alifbosiga o‘tkazilishi haqida qaror qabul qilindi. 1939-yilda Kirill o‘zbek alifbosini ishlab chiqish komissiyasi tuzildi. Komissiya jami oltita kirillashtirish loyihasi ustida ish olib bordi va axiyri bittasida to‘xtadi. 1940-yil 8-may kuni O‘zbekiston SSR Oliy Soveti III sessiyasida kirillcha o‘zbek alifbosi qabul qilindi. 1942-yil 1-yanvari unga to‘liq o‘tishning oxirgi kuni etib belgilandi. O‘zbek yoshlari kirill alifbosi bilan tanishmoqda. Foto: Wikipedia Yangi yozuv imlo qoidalarida parallel ravishda baynalmilal so‘zlarni o‘zbek tili fonetik qoidalari asosida talaffuz qilish amalda taqiqlandi. Baynalmilal so‘zlar uchun yagona standart sifatida rus tili talaffuzi qabul qilindi. Bu me’yorga ko‘ra, endi barcha baynalmilal so‘zlar o‘zbek tiliga rus tilidan o‘tishi hamda rus tilidagiday talaffuz qilinishi shart emas. O‘xshash shakllarni rus tili qoidalari asosida urg‘u bilan farqlash belgilab qo‘yildi. Masalan, “akadémik” – akademiya a’zosi, “akademík” – akademiyaga oid. Qoida urg‘u doim oxirgi bo‘g‘inga tushadigan o‘zbek tilining talaffuz me’yorlariga mos kelmasligi inobatga olinmadi. U radio va gazeta orqali zo‘r berib targ‘ib qilindi. Alifboni o‘zgartirish bo‘yicha muhokamalar davom etganiga qaramay, qabul qilingan loyihaga faqat bitta o‘zgartirish kiritildi: 1956-yilda apostrof o‘rniga ъ harfi qabul qilindi. Shu tariqa o‘zbek tilini lotinlashtirishning birinchi loyihasi muvaffaqiyatsizlik bilan yakun topdi. Ikkinchi loyiha 1991-yildan boshlandi. Lekin bu alohida maqola bo‘ladigan mavzudir. Download 420.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling