Fransuz qo‘ziqorini


Download 474.13 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi474.13 Kb.
#1512147
Bog'liq
5-6-SINF FRANSUZ QO\'ZIQORINI


FRANSUZ QO‘ZIQORINI
Nodira onasi bilan tez-tez do‘konga borib turadi va sabzavot bo‘limida qo‘ziqorinlar sotilayotganini ko‘rdi. U qo’ziqorinlar har xil bo‘lishiga qaramay nega do‘konda asosan shampinionlar sotilishiga hayron bo‘ldi.U “Champignon" so‘zi bizga frantsuz tilidan kirib kelgan bo‘lib, "qo‘ziqorin" deb tarjima qilinishini bilib oldi. Ma'lum bo‘lishicha, shampinion tabiiy bo‘lmagan muhitda hosil bergan birinchi qo‘ziqorinlardan hisoblanadi.Hozirgi kunda u dunyodagi eng keng tarqalgan qo‘ziqorin bo‘lib, uni sun'iy ravishda issiqxonalarda,poliz,yer to‘lalarda yetishtirish ham o‘rganilgan. Shampinionlar tabiiy sharoitda hamma joyda: o‘tloqlar, soya joylar, hatto yo‘l bo‘ylarida ham o‘sadi.



Nodira shampinionlarning oziqlanish xususiyatlari bilan batafsil tanishdi, shuningdek, shampinionlarni sun'iy sharoitda yetishtirish uchun kompost ishlatilishini bilib oldi. Kompost – bu o‘simlik va hayvonlar chiqindilarining parchalanishidan olingan - o‘g‘itdir. Kompost tarkibida ham organik, ham mineral moddalar mavjud.





Nodira qo‘ziqorin tuzilishi bilan tanishib chiqdi va uning asosiy qismlari "mevali tana" va “vegetativ tana’’ (mitseliy) deb atalishini bilib oldi.





U sun'iy ravishda yaratilgan muhitda shampinion yetishtirish uchun optimal shart-sharoitlar ko‘rsatilgan jadvalni topdi



Nodira shampinionlarni etishtirish bo‘yicha tajriba o‘tkazishga qaror qildi. Ota-onasi bilan birgalikda u tayyor mitseliy va kompost sotib oldi.Keyin ikkita bir xil qutini kompost bilan to‘ldirdi va ularning har biriga qo‘ziqorin ekdi. U birinchi qutini yorug‘ xonada qoldirdi, ikkinchisini esa qorong‘i xonaga qo‘ydi. Bu jarayonda shampinion yetishtirish uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi:keraklicha harorat va namlik ta’minlandi. Ma’lum muddat o‘tgach ikkala qutida taxminan bir xil miqdorda qo‘ziqorinlar o‘sib chiqqanligi aniqlandi.



1-rasm.Yorug‘ xonada o‘sgan shampinion 2-rasm.Qorong‘u xonada o‘sgan shampinion


MATN YUZASIDAN SAVOLLAR
1. Nima uchun shampinionlar sun'iy ravishda o‘stirilgan eng keng tarqalgan qo‘ziqorinlardan bo‘lib qoldi?
Bitta to‘g‘ri javobni belgilang.
A. Shampinionlar boshqa iste’mol qilish mumkin bo‘lgan qo‘ziqorinlarga qaraganda kattaroqdir.
B. Shampinionlar boshqa iste’mol qilish mumkin bo‘lgan qo‘ziqorinlarga qaraganda mazaliroq.
C. Shampinionlar o‘sayotgan sharoitlari oddiy.
D. Shampinionlar mitseliyni bo‘lish va sporalari orqali ko‘payadi .

2. Nima uchun shampinionlarni etishtirishda kompost ishlatiladi? Iltimos, bitta to‘g‘ri javobni belgilang.


A. Shampinionlarga faqat organik moddalar kerak.
B. Shampinionlarga faqat mineral moddalar kerak.
C. Shampinionlarga organik va mineral moddalar kerak
D. Shampinionlar o‘zlariga kerakli organik moddalarni sintez qiladi

3. Nima uchun jadvalda mitseliyni o‘sish davri uchun xonadagi havo haroratini ko‘rsatilmaganini tushuntiring.


Javobingizni yozib qoldiring:



4. Nodira o‘tkazgan tajribaning maqsadi nima edi?
Javobingizni yozib qoldiring:
________________________________________________________________________________________________________________________________________________________



Download 474.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling