Frazemalarning mazmun jihaтi


Download 197.5 Kb.
bet4/7
Sana04.01.2023
Hajmi197.5 Kb.
#1078645
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Frazemalarning mazmun tayyor

Bino qo‘y­ frazemasi uch ma'noli: I) "ortiqcha baho ber ", 2) "qiyofasiga alohida e'tibor ber ", 3) " e'tiqod bilan qara " . Bu frazemaning ikkinchi, uchinchi ma'nolari birinchi ma'nodan o‘sib chiqqan:



1




2









3



Тil(i) chiqdi frazemasida lug‘aviy ma'nolarning bog‘lanishi o‘zgacha: I) "nutqqa ega bo‘l " , 2) " indamay yurgan kishi gapiradigan bo‘lib qol " 3) "aytishadigan bo‘l " . Bu ma'nolarning bog‘lanishi quyidagicha:



1



2



3

Bu ma'nolarning birinchisi - bosh ma'no, uchinchisi - hosila ma'no, ikkinchisi esa avvalgi ma'noga nisbatan hosila ma'no, keyingi ma'noga nisbatan bosh ma'no (nisbiy bosh ma'no).


Leksemada bosh leksik ma'no odatda to‘g‘ri ma'no bo‘ladi. Frazemada esa bosh lug‘aviy ma'no ko‘chma ma'no bo‘ladi, chunki frazemaning bosh lug‘aviy ma'nosi ham hosila ma'nosi kabi ustama ko‘chma ma'no tarzida gavdalanadi, ma'lum obrazga asoslanadi. Demak, frazemaning tabiati to‘g‘ri ma'noni istisno qilib qo‘yadi.
Frazemalarda ham lug‘aviy ma'noni va uning taraqqiyotini semik tahlil usuli bilan o‘rganish bu hodisalarni ravshanroq tasavvur qilishga imkon yaratadi. Masalan, ko‘ngl(i) aynidi - ikki ma'noli frazema. Bu frazemaning birinchi ma'nosi uchun semalarni quyidagicha belgilash mumkin: fe'l frazema bo‘lgani sababli avvalo " ta'sir ko‘rsat " semasi belgilanadi. Тa'sir ko‘rsatish "ijobiy yoki salbiy" bo‘ladi, ta'sir etuvchi - "jism" ,aniqrog‘i - "ovqat", ta'sir " kishi organizmida ",aniqrog‘i - "ovqatlanish a'zolari"da namoyon bo‘ladi. Ovqatlanish a'zolariga ovqatning ta'siri "jismoniy " bo‘ladi. Yuqorida ajratilgan semalar yig‘imi shunday tartiblanadi: " ovqatlanish a'zolari "  "jismoniy "  "salbiy"  "ta'sir ko‘rsat " . Ana shu semalar asosida bu frazemaning bosh ma'nosi " ovqatlanish a'zolari qabul qilmagani tufayli behuzur bo‘l " deb ta'riflanadi.
Ko‘ngl(i) aynidi frazemasining ikkinchi lug‘aviy ma'nosi birinchisidan o‘sib chiqqan. Yangi ma'no bu frazemani ovqatdan boshqa narsaga ko‘chirib ishlatish natijasida yuzaga kelgan. Bunday ko‘chirishda birinchi ma'no tarkibidagi " salbiy " , "ta'sir ko‘rsat " semalari saqlanadi, "ovqatlanish a'zolari" ("organizm") semasi "hissiyot" semasiga, shu bilan birga "jismoniy" semasi ham "ruhiy" semasiga almashadi. Natijada quyidagi semalar yig‘imi voqe bo‘ladi: "hissiyot"  "ruhiy"  "salbiy"  "ta'sir ko‘rsat ". Ana shu semalar yig‘imi asosida bu lug‘aviy ma'no "tabiatiga yoqmagani tufayli ijirg‘an" deb ta'riflanadi.
Ko‘rinadiki, bu frazemada lug‘aviy ma'no taraqqiyoti aniqdan mavhumga tomon yo‘nalishda voqe bo‘lgan, ma'no taraqqiyoti yo‘llaridan metonimiyaga to‘g‘ri keladi.
Frazeologik ma'no ham xuddi leksik ma'noda bo‘lganidek o‘ziga xos kontekstda (qurshovda) namoyon bo‘ladi. Polisemem frazemaning ma'nolari o‘zaro lug‘aviy ma'nosidan tashqari leksik qurshovida, grammatik tabiatida farqlanib turishi mumkin. Masalan, boy ber­ frazemasi uch lug‘aviy ma'noni anglatadi: I) "yutqiz " 2) "yo‘qot " , "behuda, befoyda o‘tkaz ", 3) " oshkor qil ". Bu ma'nolar turli leksik qurshovda namoyon bo‘ladi: birinchisida qimorni, garovni anglatadigan leksema bilan, ikkinchisida vaqtni anglatadigan leksema bilan, uchinchisida esa sirni angla­tadigan leksema bilan ishlatiladi: I) Ukaning hech haqi yo‘q, hovlidan bo‘ladigan tegishini ham sotib, qimorga b o y b e r g a n! (Sobir Abdulla). 2) Shunday qilib, bahorda b o y b e r g a n o‘n besh kunni ham qaytarib oldik (Ibrohim Rahim). 3) Kulgiga to‘lib turganlar endi sir b o y b e r i b q o‘ y g a n yigitchaning ustidan xaxolashdi (Pirimqul Qodirov). Ko‘rinadiki, bu fraze­maning lug‘aviy ma'nolarida leksik qurshov farqli, lekin grammatik tabiat bir xil.
Mana bu frazemaning lug‘aviy ma'nolarida leksik qurshov ham, grammatik tabiat ham farqli:
ket (i) ga tush .
Bu frazema " izidan yurib, butun xatti-harakatini ta'qib qil " va "manfaatdor bo‘lgani holda berilib harakat qil " ma'nolarini anglatadi. Har ikki ma'nosida harakatni kishi bajaradi, lekin harakat qaratilgan predmet boshqa­boshqa bo‘ladi: birinchisida kishiga (kimning), ikkinchisida esa narsaga (nimaning) qaratiladi. Shu sababli bu ma'nolarning leksik qurshovi ham, grammatik tabiati ham farq qiladi. Qaratqich kelishigida kishini bildiradigan leksemaning kelishi birinchi ma'noda har uch shaxs­son nisbatlovchisini ishlatishga yo‘l ochadi; qaratqich kelishigida narsani anglatadigan leksemaning kelishi esa faqat III shaxs nisbatlovchisining qatnashuvini belgilab qo‘yadi; natijada bu ikki frazeologik ma'noning grammatik tabiati farqlanib qolgan. Birinchi ma'nosida ketidan tushdim, ketidan tushding, ketidan tushdi, ketingdan tushdim, ketingdan tushdi, ketimdan tushding, ketimdan tushdi kabi shakllarda ishlatilsa, ikkinchi ma'nosida shu shakllarning uchtasida-gina keladi: ketidan tushdim, ketidan tushding, ketidan tushdi.
Mana bu frazemaning lug‘aviy ma'nolarida grammatik tabiat boshqacharoq:
had (i) dan osh =haddidan osh
Bu frazema [kim (o‘zining)] "o‘ziga ortiqcha erk berib yubor " ,[nima (o‘zining)] " ortiq darajada kuchayib, zo‘rayib ket " ma'nolarini anglatadi. Birinchi ma'noda kishiga xos harakat, ikkinchi ma'noda esa narsaga xos harakat bildiriladi. Shunga ko‘ra bu ma'nolar har xil leksik qurshovda oydinlashadi, ayni vaqtda grammatik shakllarda ishlatilishi ham farq qiladi. Birinchi ma'nosida bu frazema har uch shaxs­sonda tuslanadi ham, nisbatlanadi ham. Ikkinchi ma'nosida faqat III shaxc tuslovchisi va nisbatlovchisi bilan ishlatiladi (har ikki ma'nosida tuslovchi bilan nisbatlovchi moslashib yuradi: haddingdan oshding, haddidan oshdi kabi).
Leksemalarning semantik bog‘lanishida ta'kidlangan shart-sharoitlar fraze-malarning semantik bog‘lanishida ham amal qiladi. Masalan, ko‘ngl(i) bor frazemasi ijobiy yoki betaraf ish yoki narsani anglatadigan leksemalar bilan ishlatiladi: Universitetda o‘qishga k o‘ n g l i b o r kabi. Lekin Janjalga ko‘ngli bor kabi bog‘lab ishlatilmaydi: janjal leksemasi anglatadigan voqelik salbiy hodisa deb baholanadi va boshqa.
Semema termini bilan faqat leksemaning mazmun jihati nomlanmay, frazemaning (shuningdek morfemaning) ham mazmun jihati nomlanadi. Bu uch til birligiga xos sememalarni leksosemema, frazosemema, morfosemema deb farqlab nomlash mumkin.
Xuddi leksemalarda bo‘lgani kabi frazema bir lug‘aviy ma'noli bo‘lsa bir til birligiga (bir frazeologik birlikka) teng bo‘ladi. Agar frazema polisemem bo‘lsa, uning har bir frazosememasi o‘zicha alohida til birligiga (alohida frazeologik birlikka) teng bo‘ladi. Chunki xuddi leksemalarda bo‘lgani kabi har bir frazosemema o‘ziga xos lug‘aviy mundarijaga (ideografik semalar yig‘imiga), o‘ziga xos baho semasiga ega. Bulardan tashqari har bir frazosemema o‘ziga xos leksik qurshovga ega bo‘ladi, grammatik tabiatida ham ko‘pincha farqlanib turadi. Nihoyat, har bir frazosemema mustaqil ravishda boshqa lug‘aviy birlik bilan (frazeologik birlik, leksik birlik bilan) sinonimik, antonimik munosabat hosil etishi mumkin.

Download 197.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling