Frene maktabida talim texnologiyasi. Reja: Ta’lim haqida


Download 43.08 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi43.08 Kb.
#1589959
1   2   3
Bog'liq
Frene maktabida talim texnologiyasi

Shunday qilib 6-5-sinflar umumiy o’rta ta’lim beradi: 4-3-sinflarda o’quvchilarga qobiliyati va moyilligiga qarab bilim beriladi.
Birinchi bosqich yakunlangach, o’quvchilar kasbiy yo’nalishlari bo’yicha guvohnoma oladilar.
Shundan keyin o’quvning ikkinchi bosqichi boshlanadi. Bu bosqichda o’quvchilar 15 yoshdan 18 yoshgacha ta’lim oladilar. O’qish 3 yil davom etib 2-sinf kichik, 1-sinf o’rta va yakunlovchi sinflarga bo’linadi.
O’quvchilar umumiy ta’lim va texnik litseylarni tugatganlaridan so’ng bakalavr unvoni va diplomi uchun imtihon topshiradilar. Ana shunday diplomga ega bo’lganlargina oliy o’quv yurtlariga kirish huquqini qo’lga kiritadilar.
Umumiy ta’lim yo’nalishidagi uch yillik ta’lim litseylarida quyidagi fanlar o’qitiladi: adabiyot tarixi, ona tili va adabiyoti, lotin tili, chet tili (ingliz, nemis, ispan, italyan tillari bo’lishi mumkin), tarix, geografiya, frantsmya ekonomikasi.
Xuddi shu 3 yillik bosqichli texnik litseylarda uning yo’nalishlariga qarab matematika, fizika, ximiya hamda boshqa tabiiy fanlar o’qitiladi. Shunisi diqqatga sazovorki, o’quvchining bu bosqichda chet tillarni o’rganishiga katta e’tibor beriladi. Talab, o’qishni tugatgach, o’quvchilar kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishlari kerak.
Yuqorida bayon etganimizdek, o’quvning bu bosqichini guvohnoma bilan tugallagan o’quvchilar oliy maktab sanalmish institutlar va universitetlarga imtihonsiz kirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Lekin hamma institut va universitetlarga ham imtihonsiz kirib bo’lmaydi. Talabalar oliy pedagogika instituti, politexnika instituti, oliy ma’muriy maktablarga kirish imtihonlari bilan qabul qilinadilar, ularning shu kasbga moyilligi ham alohida sinab ko’riladi.
Oliy ta’lim
Frantsuz yoshlari, Frantsiyaga bilim olish uchun kelgan chet el fuqarolari quyidagi bilim maskanlarida oliy ma’lumot oladilar:

  1. Universitetlar;

  2. Oliy texnologiya maktablari;

  3. Oliy muhandislik maktablari;

  4. Oliy arxitektura maktablari;

  5. Oliy tijorat maktablari;

  6. Siyosiy fanlar oliy maktabi;

  7. Oliy pedagogik va filologiya bilimgohlari;

  8. Oliy tibbiyot o’quv muassasalari;

  9. Oliy badiiy maktablar;

  10. Uzluksiz ta’lim (malaka oshirish oliygohlari va hokazolar).

Oliy ta’lim beruvchi universitetlar o’z talabalariga uch tsiklda bilim beradilar. Birinchi tsikl umumiy yoki biror texnik yoki ilmiy sohada oliy ma’lumot olish bilan yakunlanib, o’qish ikki yil davom etadi. Ikkinchi tsiklda o’qish bir yil davom etadi. Talabalar unigetriz, magistr darajalari bilan yakunlaydilar. Uchinchi tsiklda o’qish birikki yil davom etadi. Bu tsiklda:

  • biron-bir predmetni chuqurlashtirib o’rganilganligi haqida diplom (bir yil);

  • ixtisoslashtirilgan oliy ma’lumot to’g’risida diplom (bir yil);

  • uchinchi tsikl doktorlik dissertatsiyasi (bir, ikki yil);

  • davlat doktorlik dissertatsiyasi – biron-bir sohani mukammal o’rganib, dissertatsiya yozish kabi hujjatlar olish mumkin.

Frantsiyada oliy professional ta’lim berish keyingi 20 yil davomida qaror topdi. Bu
– qisqartirilgan maxsus ta’lim bo’lib, unda o’qish ikki yil davom etadi. O’quv univsrsitetlar yoki texnik litseylarda amalga oshiriladi.
Uning bitiruvchilari ishlab chiqarish sohasida, xizmat ko’rsatish sohasida va boshqa sohalarda rahbarlik lavozimlarida ishlaydilar.
Frantsiyada oliy ma’lumot va ixtisos beruvchi oliy texnologik institutlar mavjud. Ular odatda sanoat, maishiy xizmat ko’rsatish, informatika mutaxassisliklariga ixtisoslash-tirilgan. O’qish muddati 2 yil bo’lib, darslar haftasiga 30-35 soatni tashkil etadi. O’qish davomida 8 haftalik ishlab chiqarish amaliyoti ham ko’zda tutilgan.
Frantsiyada mingdan ortiq ana shunday institutlar faoliyat ko’rsatib, ular qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi, san’at, informatika, ma’muriy boshqaruv, buxgalterlik hisobi, amaliy san’at bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydilar.
Bunday institutlarga kirish imtihonsiz amalga oshiriladi.
Uning bitiruvchilari ishlab chiqarish sohasida, xizmat ko’rsatish sohasida va boshqa sohalarda rahbarlik lavozimlarida ishlaydilar. Frantsiyada oliy ma’lumot va ixtisos beruvchi oliy texnologik institutlar mavjud. Ular odatda sanoat, maishiy xizmat ko’rsatish, informatika mutaxassisliklariga ixtisoslash-tirilgan. O’qish muddati 2 yil bo’lib, darslar haftasiga 30-35 soatni tashkil etadi. O’qish davomida 8 haftalik ishlab chiqarish amaliyoti ham ko’zda tutilgan.
Frantsiyada mingdai ortiq ana shunday institutlar faoliyat ko’rsatib, ular qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi, san’at, informatika, ma’muriy boshqaruv, buxgalterlik hisobi, amaliy san’at bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydilar.
Download 43.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling