Frezalash stanogi


Download 13.82 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi13.82 Kb.
#244932
Bog'liq
Frezalash stanogi


Frezalash stanogi - detallar ning tashqi va ichki yuzalari (tekis va shakldor yuzalar), botiqlar va chiqiqlarga, aylanuvchi jism sirtlariga, rezba va tishli gʻiddirak tishlariga freza yordamida kesib ishlov beruvchi stanok. Frezalash prinsipi 16-asrda Leonardo da Vinchining dumaloq egov koʻrinishidagi frezaning eskizini chizishidan paydo boʻlgan. 1665 yilda Pekinda aylanuvchi egov oʻrnatilgan stanok qurilganligi maʼlum. Hozirgi zamon Frezalash stanogining nusxalari 19-asrda vujudga kela boshlagan.

Vazifasi va tuzilishiga qarab Frezalash stanogi bir necha xilga boʻlinadi.



Universal Frezalash stanogi konsolli, shpindelining oʻqi gorizontal joylashgan boʻlib, unda freza opravkasini tutib turadigan osma boʻladi. Turli xil frezalar bilan ishlaydi. Stanokdagi buriladigan stol boʻylama, koʻndalang va vertikal yoʻnalishda siljiydi. Gorizontal Frezalash stanogi universal Frezalash stanogiga oʻxshaydi, ammo uning stoli burilmaydi. Vertikal Frezalash stanogi shpindeli oʻqining vertikal joylashishi bilan gorizontal va universal Frezalash stanogilardan farq qiladi. Boʻylama Frezalash stanogi yirik gabaritli zagotovkalarga ishlov berishga moʻljallangan. Andaza bilan ishlaydigan Frezalash stanogi turli tekis profillar (andozalar, kulachoklar va boshqalar)ga yoki andaza (model) boʻyicha fazoviymurakkab yuzalarga ishlov berish uchun xizmat qiladi. Rezba Frezalash stanogi taroqsimon, diskli, chervyakli, barmoqli frezalar yoki maxsus rezba kallaklari yordamida tashqi va ichki rezbalar chiqarish uchun moʻljallangan. Shponka Frezalash stanogidan shponka arikchalari ochishda foydalaniladi. Bunda aylanuvchi freza ilgarilamaqaytma harakat qiladi; bir va koʻpshpindelliboʻladi. Karusel Frezalash stanogi quyma, bolgʻalangan va shtamplangan zagotovkalarga torets frezalari bilan ishlov berish uchun xizmat kiladi. B a rabanli Frezalash stanogi ayni paytda zagotovkaning ikki torets yuzasini frezalash, ariqchalar ochish uchun moʻljallangan. Sanoatda dastur bilan boshqariluvchi turli Frezalash stanogi lari qoʻllaniladi.

Yogʻoch ishlash Frezalash stanogida freza mahkamlanadigan aylanuvchi vertikal shpindel mavjud. Undan zagotovkalarni kesib ishlashda foydalaniladi. Oddiy, karusel (bir va ikki shpindelli) va andaza bilan ishlaydigan xillari bor.
Download 13.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling