Friksion uzatma va variatorlar


Download 0.66 Mb.
Sana16.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1488873
Bog'liq
10-ma\'ruza


Friksion uzatma va variatorlar
Reja:
1.Friksion uzatmalar.
2.Friksion uzatmalarning turlari, geometriya va kinematikasi,
3.Uzatmaga ta’sir qiluvchi kuchlar
4.Uzatmalarni hisoblash tartibi
5.Variatorlar haqida tushuncha.
Ishqalanish kuchlari orqali harakatni yetaklovchi valga uzatish uchun qo‘llaniladigan mexanizmlar friksion uzatmalar deyiladi va eng oddiy mana shunday uzatmalar bir-biriga ma’lum kuch vositasida siqilgan ikkita g‘ildirak va tayanchlardan iborat bo‘ladi
Silindrsimon
konussimon
Silindrsimon
konussimon
Friksion uzatmalarning afzalliklari
1.yetaklovchi valning aylana tezliklarini pog‘onasiz o‘zgartirish imkoniyati;
2.o‘ta yuklanishlarda halokatlardan saqlanganligi;
3.ravon va shovqinsiz ishlashi;
4.dumalash jismlari (g‘ildirak, rolik, disk) shakllarining oddiyligi.
Kamchiliklari :
1.dumalash jismlari, vallar va podshipniklarga tushadigan yuklanishning kattaligi;
2. ishchi dumalash jismlarini siqish uchun maxsus siquvchi moslamalarning qo‘llanilishi;
3.dumalash jismlarining sirpanishi bois uzatishlar sonining doimiy emasligi;
4.o‘ta yuklanishlarda ishchi yuzalarning shikastlanishi xafvi
Yetaklanuvchi g‘ildirakdagi aylana kuch
Bu yerda,
− ishchi g’ildirakni siquvchi (qisuvchi) kuch;
f − kontaktdagi ishqalanish koeffitsiyentining o’rtacha qiymati; S – ilashish zaxirasi koeffitsiyenti bo‘lib, kuch uzatmalarida S=1,2….2,0; ba’zi hollarda esa S=3 deb olinadi.
Ishqalanish koeffitsiyentining qiymatlari
1-formuladan anglashiladiki, ishchi g‘ildiraklarni siquvchi kuch ishqalanish kuchlaridan 1/f qadar katta bo‘ladi. 10.1-jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosida
f = 0,04 … 0,25, ilashish zaxirasi koeffitsiyenti esa S = 1,2 … 2 ekanligi nazarda tutilsa, g‘ildiraklarni siquvchi kuch berilayotgan aylana kuchdan 4,8….50 marta ortiq bo‘lishi talab etiladi.
Friksion uzatmalar 200 kVt gacha quvvatni uzatishda, dumalash jismlarining aylana tezliklari 25 m/s gacha bo‘lganda qulay ishlay oladi.
Firiksion uzatmalarni tayorlashda ishlatiladi.gan materiallar
Dumalash elementlaridan (jismlarning) birining radiusini o‘zgaruvchan qilib tayyorlab, uzatmaning uzatishlar nisbatini keng oraliqlarda pog‘onasiz o‘zgartirish imkoniyatini hosil qilish mumkin. Bu holda friksion uzatma – variator deyiladi
Variatorlarning kinematik tavsifi sifatida boshqarish darajasi (diapazoni) degan tushuncha kiritilgan bo‘lib, yetaklanuvchi g‘ildirak maksimal burchak tezligi (aylanishlar takroriyligi) ning minimal burchak tezligi (aylanishlar takroriyligi) ga nisbati tarzida aniqlanadi:
Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling