Fundamental iqtisodiyot


Tadbirkorlik va boshqa turdagi faoliyatga yo'naltirilayotgan investitsiya shakllarini guruhlash. 6-rasm


Download 243.8 Kb.
bet5/8
Sana06.05.2023
Hajmi243.8 Kb.
#1434032
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O\'zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritish muammolari va istiqbollari

Tadbirkorlik va boshqa turdagi faoliyatga yo'naltirilayotgan investitsiya shakllarini guruhlash. 6-rasm


Investitsiyalarni amalga oshirishning asosiy bosqichlari quyidagilardir:
birinchidan ,resurslarn ikapitalqo'yilmalarga aylantirish,ya'ni resurslarni investitsion faoliyat natijasi hisoblangan obyektlarga o'tkazish;
ikkinchidan ,capital qo'yilmalar uchun sarflangan mablag'lar pirovard natijada investitsiyalar miqdorini oshirish va yangi iste'mol qiymatini yaratish;
uchinchidan, ijtimoiy samara yaratish,ya'ni investitsiya faoliyatining pirovard maqsadini amalga oshirish kiradi.
Bozor iqsodiyoti sharoitida investitsiya tizimi 7 - rasm


  1. O‘zbekiston iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarning rivojlanishi.


Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmiarini joriy etish va investitsion muhitni yanada yaxshilash iqtisodiy rivojlanish sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu o‘rinda ―Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida‖gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va respublikaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yanada qulay shart- sharoitlarni ta‘minlash, xorijiy investitsiyalarni ishonchli huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmini barpo etish, mana shu asosda mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilash maqsadida 2003 yil 2-mayda 205-son to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga doir qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida‖ gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarori qabul qilinganligini aytib o‘tish joizdir.
О‘zbekiston iqtisodiyoti bugun jahon iqtisodiyotining ajralmas qismiga aylandi. Mamlakatimiz eksport salohiyati yildan-yilga oshmoqda, tashqi bozorlarga xomashyo emas, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar yetkazib berilmoqda. O‘zbekiston sanoatini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati bilan bevosita bog‘liqdir.
O‘zbekistonda investorlar uchun qulay investitsiya muhiti, imtiyozlar va preferensiyalar tizimi yaratilgan. Iqtisodiyotimizga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar oqimining yildan-yilga ko'payib borayotgani ham shundan dalolat beradi. Mamlakatimizning investitsion jozibadorligi keng ko‘lamli sotish bozorlarining mavjudligi, Yevroosiyoning investitsion hamda savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini belgilab beruvchi multimodal kommunikatsiya tizimiga integratsiyalashgan transport infratuzilmasining rivojlangani bilan ham bog‘liq.
O‘zbekistonga investitsiya kiritayotgan xorijiy kompaniyalar beshta yirik va jadal rivojlanib borayotgan bozor- 300 milliondan ortiq kishi savdo-sotiq qiladigan bozorlarga ega MDH mamlakatlari, Markaziy va Sharqiy Yevropa, Janubiy hamda Janubi-sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq davlatlariga chiqish imkoniga ega bo‘lmoqda. Xalqaro investitsiya huquqining asosiy qoidalari, jumladan, xorijiy investorlar huquqlarini kafolatlash, investorlarga muayyan referensiyalar taqdim etish to‘g‘risidagi qoidalar va boshqalarni o‘zida mujassam etgan.
O‘zbekiston Respublikasining investitsiya qonunchiligi MDH mamlakatlari qonunchilik tizimida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirish, shuningdek, xorijiy investorlar bilan ishlashdagi turli byurokratik g‘ovlar va to‘siqlarni bartaraf etish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga davlat va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida 2012-yilning 10-aprelida birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning ―To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida‖gi farmoni qabul qilindi.Mamlakatimizda samarali qonunchilik bazasi yaratilgani tufayli iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 4,2 mingdan ziyod korxona tashkil etilib, muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda,
2016 yil tog’-kon sanoatining ulushi jami xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha 31,1 foizini tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2017 yilda 56,8 foizini tashkil etdi. Ammo ishlab chiqarish sanoati esa kapayish tendensiyasiga ega bo’lib, 2016 yilda 27,4 foizni tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2017 yilda 14,8 foizni tashkil etdi. Bundan tashqari qishloq xo’jaligini rivojlantirishga qaratilgan hukumatning sa’y-harakatlariga qaramasdan qishloq xo’jaligiga yo’naltirilgan xorijiy investitsiyalar hajmi tarmoq ehtiyojiga nisbatan past darajada saqlanib turibdi.
2017 yilda asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlarni xorijiy investorlar bo’yicha tarkibi Rossiya Federatsiyasi yetakchilik qilmoqda. Bu mamlakat investitsiyalari ishtirokida tabiiy gaz qazib chiqarishda – 9016,3 mlrd. so’m, axborot va aloqa – 467,4 mlrd. so’m, boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarishda – 10,5 mlrd. so’m, metallurgiya sanoatida – 10,4 mlrd. so’m va boshqa ko’plab faoliyat turlari bo’yicha investitsiyalar o’zlashtirildi. Xitoy Xalq Respublikasi investitsiyalari ishtirokida rezina va plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarishda – 458,8 mlrd. so’m, tabiiy gaz chiqarish – 451,5 mlrd. so’m, aloqa – 544,0 mlrd. so’m, boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish – 149,7 mlrd. so’m va boshqa o’nlab faoliyat turlari bo’yicha o’zlashtirildi. Yaponiya davlati investitsiyalari hisobidan o’zlashtirilgan investitsiyalar loyihalari quyidagilardan iborat: quruqlikdagi va quvur transportida – 445,3 mlrd. so’m, elektr, gaz, va bug’ bilan ta’minlash, havoni konditsiyalashda – 387,9 mlrd. so’m, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishda – 209,5 mlrd. so’m hamda aloqa faoliyat turida – 90,0 mlrd. so’m.
Investitsiyalarning 2018 – 2019 yillar yanvar –mart oraliqdagi ummumiy xajmga nisbatan foiz xisobida.
Uzoq yillar mobaynida Markaziy Osiyo mamlakatlari bo’yicha olingan natijalarga qaraganda, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy o’sishga hissa qo’shishi va bu mezbon mamlakatning avtoritar rejim sifatida tavsiflangan O’zbekistonga qaramasdan, demokratik rejimga ega bo’lishi muhimdir. Markaziy Osiyoning ko’pgina mamlakatlari qishloq xo’jaligi va ishlab chiqarish sohasida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni o’zlashtirishdi, O’zbekiston esa tog’-kon, qishloq xo’jaligi, energetika, xizmat ko’rsatish, to’qimachilik va sayyohlik sohalarida ko’plab to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni o’zlashtirdi. Shunga qaramay, har ikki holatda ham tabiiy resurslar ko’pligi sababli mamlakatlar to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdi. Nihoyat, Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun qonun ustuvorligini ta’minlash muhimdir, biroq O’zbekistonga nisbatan amalga oshirilgan huquqiy islohotlar ko’proq xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yetarli emas edi, biroq O’zbekiston hukumati mintaqaning boshqa mamlakatlariga nisbatan muvaffaqiyatli atrof-muhit siyosatini qo’lladi.
2018 yilga kelib ham mamlakatimizda investitsiyaga doir qator ijtimoiyiqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. 2018 yil 21 iyunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoqlar va hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish holati, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va o’zlashtirish natijalari tahliliga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishi bo’lib o’tdi. Mamlakatimizda investitsiya muhiti yaxshilangani natijasida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarga to’g’ridan-to’g’ri sarmoyalar faol kirib kelmoqda.
O’zbekiston Respublikasi investitsiya siyosati xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yanada qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni ishonchli huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmini barpo etish, mana shu asosda mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilashda MDH mamlakatlari orasida yetakchi hisoblanadi.
Sohaning muhim me’yoriy hujjatlari: Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmiarini joriy etish va investitsion muhitni yanada yaxshilash iqtisodiy rivojlanish sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Xorijiy investorlаr vа xorijiy investitsiyalаr ishtirokidаgi korxonаlаr tomonidаn o`z ishlаb chiqаrish ehtiyojlаri uchun olib kelinаyotgаn mol-mulkni аniqlаsh tаrtibi to`g`risidа markazlashgan va markazlashmaga investitsiyalar kiritilgan




  1. Download 243.8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling