Fundamental tasirlashuvlar kuchli elektromagnit va kuchsiz ta'sirlar
Kuchli, elektromagnit, kuchsiz va gravitatsion o`zaro taxsirlar
Download 284.25 Kb.
|
DWED
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuchli o`zaro ta’sir.
- Elektromagnit o`zaro ta’sir.
Kuchli, elektromagnit, kuchsiz va gravitatsion o`zaro taxsirlarYuqorida qayd qilinganidek, tabiatda printsipial farqlanadigan 4 xil fundamental o`zaro taxsirlar mavjud: kuchli (S), elektromagnit (E), kuchsiz (W) va gravitatsion (G). Ular bir-biridan o`zaro taxsir intensivlik (doimiylik)lari i, taxsir radiuslari Ri va xarakterli vaqtlari i hamda simmetriya xossalari bilan farqlanadilar. Tajribalar ko`rsatadiki, S 1, E 10-2, W 10-10, G 10-38, (2.2) RS 10-15 m, RE = , RW 10-18 m, RG= , (2.3) S 10-23 c, E 10-20, W 10-13 c, G= ?. (2.4) Kuchli o`zaro ta’sir. elementar zarralarning kuchli o`zaro taxsiri o`ziga xos o`lchamsiz doimiy bilan xarakterlanadi: , (2.5) bunda g - kuchli o`zaro taxsir “zaryadi” (mezon zaryadi). Kuchli taxsirning asosiy xossalari: a) taxsir radiusi juda kichik b) yadrolar barqarorligini taxminlaydi v) universal emas g) eng yuqori simmetriyaga ega d) yadroda nuklonlar o, , K kabi mezonlar almashinish tufayli bog’lanadi, kvarklar esa glyuonlar almashinadi. Elektromagnit o`zaro ta’sir. elektromagnit kuchlar nisbatan yaxshiroq o`rganilgan. Zarralarning o`zaro elektromagnit taxsirlashuv kuchi kuchli o`zaro taxsirga qaraganda ancha ojiz, boshqa kuchlarga nisbatan esa o`ta kuchlidir. elektromagnit kuchlarining taxcir doirasi 10-12 sm dan tortib kosmik masofalargacha davom etadi. Ko`pchilik fizikaviy hodisalar: atomlar va molekulalar tuzilishi, kristallar, ximiyaviy reaktsiyalar, jismlarning termik va mexanikaviy xususiyatlari, radioto`lqinlar, quyosh va yulduzlarning nurlanishi va hokazo hodisalar elektromagnit kuchlarining taxsir doirasiga kiradilar. Elektromagnit o`zaro taxsir har xil zarralarda har xil shiddat bilan namoyon bo`ladi. elektr zaryadiga ega bo`lgan zarralarda eng katta elektromagnit o`zaro taxsir kuchlari vujudga keladi. Massasi va spini nolga teng bo`lmagan zaryadsiz zarralar o`zaro kuchsizroq elektromagnit taxsirda bo`ladilar. eng kuchsiz elektromagnit o`zaro taxsirga neytral spinsiz zarralar, masalan neytral pi-mezon egadir. Zarralardan neytrino elektromagnit taxsirni deyarli sezmaydi. Elektromagnit o`zaro taxsirni nozik tuzilish doimiysi deb ataluvchi o`lchamsiz kattalik xarakterlaydi: = . (2.6) Elektromagnit o`zaro taxsir zarralarning o`zidan foton chiqarib va yutib turishi jarayonida hosil bo`ladi deb tushuntiriladi. Bunday jarayon ham virtual, yaxni kuzatib bo`lmaydigan jarayondir. Download 284.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling