Fundamental va elementar zarrachalar
Atom molekula ion va metall kiristallar ularning oʻziga xos xususiyatlari tuzilishi
Download 53.62 Kb.
|
Modda tuzilishi tayyorgarlik 11 (2)
10. Atom molekula ion va metall kiristallar ularning oʻziga xos xususiyatlari tuzilishi.
Kristallami turlarga ajratishning ikki xil usuli mavjud:Kristallografik - bu usulda zarralar joylashuvining fazoviy davriyligiga ahamiyat beriladi va shuning uchun ham zarralar geometrik nuqtalar sifatida qaralib, kristallning ichki tuzilishiga e’tibor berilmaydi.Fizik - bu usulda panjaraning tugunlarida joylashgan zarralarning tabiati va ular orasidagi o‘zaro ta’sir kuchlarining xarakteriga e’tibor beriladi. Va aynan shu xossalariga asosan kristallar to‘rt turga bo‘linadi: ionli, atomli, metalli, molekulali.Ionli kristallar-K ristall panjaraning tugunlarida qarama-qarshi zaryadli ionlar navbat bilan joylashgan bo‘ladi. Ionlar orasidagi o‘zaro ta’sir kuchi, asosan, elektrostantik xarakterga ega. Ionli panjara osh tuzi NaCl va seziy xlor CsCl misol bo‘ladi. Atomli kristallar - Kristall panjaraning tugunlarida kvant-mexanik tabiatdagi kuchlar tutib turadigan neytral atomlar joylashgan. Ular o‘rtasida elektr xarakteriga ega bog‘lanish mavjud. Atomli bogManishga olmos, grafit, germaniy va kremniy misol b o ia oladi.Metall kristallar - Kristall panjaraning tugunlarida metalining musbat ionlari joylashgan bo‘ladi. Kristall panjara hosil bo‘lishida atomlar bilan kuchsiz bogMangan valentli elektronlar atomlardan ajraladi va elektron gazini hosil qiladi. 14atijada, metallning musbat ionlar o‘rtasi da harakatlanadigan erkin elektronlar vujudga keladi va metallarining elektr o‘tkazuvchanligini ta’minlaydi. Metall kristallga kolpchilik metallar misol bo‘ladi Molekulali kristallar - Kristall panjaraning tugunlarida nia’lum tartibdayo‘naltirilgan molekulalar joylashgan bo‘ladi. Ular orasida molekulalar o‘zaro ta’sirigaxosbo'lgan tortishish kuchlari mavjud bo‘ladi. Molekulali kristallarga naftalin, parafin, quruq muz (C 0 2), muz va hokazolar kiradi.Real kristallarning uncha katta bo‘lmagan bo‘lagigina ideal tuzilishga ega bulishi mumkin. Boshqa qismlarda esa panjara tugunlarida zarralar joylashuvining batartibligi buziladi va kristall panjaraning defektlari deyiladi. Kristallardagi defektlar (kamchilik, nuqson) ularning fizik, mexanik xossalariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Download 53.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling