Funksional ovqatlanish mahsulotlari texnologiyasi fanidan


Inson ovqatlanishining tarixiy qirralari


Download 125.26 Kb.
bet2/3
Sana18.10.2023
Hajmi125.26 Kb.
#1708101
1   2   3
Bog'liq
1-ma\'ruza.

Inson ovqatlanishining tarixiy qirralari
Insonning ozuqa ratsioni doimiy 600 dan ortiq nutrientlardan iborat bo‘lishi kerak. Ularning taxminan 95%-i davolovchi–profilaktik xossalarga ega. Ularning miqdori va nisbati mahsulotlarning dietik xususiyatlarini belgilaydi.
Ekspertlarning ma’lumotlariga ko‘ra hozirgi kunda yer yuzi aholisining 17% -i to‘yib ovqatlanmaydi, keyingi 10 yillikda esa bu ko‘rsatkich 25% ni tashkil etishi mumkin. Faqatgina noto‘g‘ri ovqatlanish hisobiga yer yuzida yiliga 5 mln ga yaqin inson halok bo‘lmoqda.
Saraton kasalligining har uchtadan bittasi va yurak-qontomir tizimi kasalliklarining har ikkinchisi noto‘g‘ri ovqatlanish natijasida yuzaga kelgan.
Aholini ratsional sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish tarkibi funksional ingredientlar bilan boyitilgan yangi mahsulotlar hisobiga amalga oshirilishi kerak. Bu tadbirlar turli mamlakatarda davlat siyosati darajasida amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan. Bu boradagi davlat siyosatining maqsadi aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash, kasalliklarni profilaktika qilishdan iborat. Xususan Rossiyada sog‘lom ovqatlanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha konsepsiya qabul qilingan bo‘lib, u quyidagilardan iborat:

  • sifatli yangi turdagi, shu jumladan bolalar, keksalar hamda aholining turli yosh guruhlaridan iborat bo‘lgan qatlamlari uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish;

  • turli kasalliklarni profilaktika qilish va organizmning himoya funksiyalarini mustahkamlash, zararli moddalar ta’siri xavfini kamaytiruvchi davolovchi-profilaktik mahsulotlarni yaratish;

  • harbiy xizmatchilar va hamda aholining noqulay sharoitlarda hayot kechiruvchi guruhlari uchun mahsulotlar yaratish;

  • mahsulotlarni mikro- va makroelementlar bilan boyitish, ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarishni kengaytirish.

Ushbu konsepsiyaga aholining turli jismoniy va aqliy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi guruhlari uchun asosiy muhim komponentlar bo‘yicha oziqa ratsionlarni balanslash nazariyasi asos bo‘lib xizmat qiladi. Konsepsiyada belgilangan dolzarb muammolar sifatida oziq-ovqat mahsulotlarining sifati xavfsizligi, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni va iste’mol qilinishini doimiy nazorat qilish hisoblanadi.
Keyingi vaqtlarda ovqatlanishda genetik modifikatsiyalangan yoki transgen o‘simliklardan olingan mahsulotlardan foydalanish boshlanganligi sababli ovqatning biologik xavfsizligi muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Keyingi yillarda dunyo bo‘yicha soya, makkajuxori, pomidor, kartoshka singari transgen o‘simliklarni ekin maydonlari 20 martaga ko‘paydi.
Agar 1990-1997 yillarda mamlakat aholisini minimal ehtiyojlarini ta’minlash vazifasi turgan bo‘lsa, 2000-2002 yillarga kelib sanoat miqyosida bolalar va parhezbop ovqatlanish mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Bugungi kunda mamlaktimiz aholisining o‘rtacha umr ko‘rishi 73,3 yilga teng. Bu vaziyat noto‘g‘ri va sifatsiz mahsulotlar bilan ovqatlanish sababli ham yanada yomonlashadi.

Download 125.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling