Funksional ovqatlanish mahsulotlari texnologiyasi fanidan


Funksional ovqatlanish mahsulotlari


Download 125.26 Kb.
bet3/3
Sana18.10.2023
Hajmi125.26 Kb.
#1708101
1   2   3
Bog'liq
1-ma\'ruza.

Funksional ovqatlanish mahsulotlari – bu inson tomonidan ma’lum bir xossalar berilgan, odamning salomatligini, ish qobiliyatini va uzoq umr ko‘rishini ta’minlashga yo‘naltirilgan, mahsulotlar hisoblanadi.
Funksional ovqatlanish iborasidan 1993 yilga kelib foydalanila boshlandi.
“Funksional ovqatlanish mahsulotlari” tushunchasi dastlab Yaponiyada paydo bo‘lgan bo‘lib, bu erda ovqat bilan davolash uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Yaponiyada yiliga qiymati 9 mln dollarga teng bo‘lgan 150 turdagi funksional ovqatlanish mahsulotlari ishlab chiqarilib, ularni ishlab chiqarish qonunchilik tomonidan tasdiqlangan va davlat nazorati ostida. Yaponiyada funksional ovqatlanish dasturining joriy qilinishi aholining o‘rtacha umr ko‘rish darajasini 8 yilga uzaytirdi.
Aholining salomatligi 8-12% sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq bo‘lib, salomatlikka ijtimoiy-iqtisodiy sharoit omillarining ta’siri 52-55% ni tashkil qiladi.
To‘la qiymatli bo‘lmagan ovqatlanishda modda almashinuvi, ovqat hazm qilish, yurak-qontomir tizimi, asab tizimi funksional qobiliyatlari buziladi. Shuning uchun inson ovqatlanish ratsionida yoshi, jinsi, tana vazni, faoliyat turi, mehnat va atrof muhit sharoitlari, yashash tarziga ko‘ra ma’lum miqdorda oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, mineral moddalar, mikro- va makroelementlar mavjud bo‘lishi kerak.
Shifokor olim, prof. L.F.Chebotarevning fikriga ko‘ra ovqatlanish hayot davomiyligini 25-40% ga uzaytiruvchi yagona vosita hisoblanadi.
Demografik muammolar, stress vaziyatlar, keksa yoshdagi va turli kasalliklar bilan kasallangan kishilar sonining ortishi, bolalar salomatligining yomonlashuvi funksional ovqatlanish mahsulotlari yaratish zaruratini keltirib chiqaradi.
Belgilangan xosalarga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasini loyihalash, sifatini baholash va asoslash sohasidagi ilmiy asoslar A.A.Pokrovski, M.N.Volgareva, V.A.Tutelyan, I.YA.Konya, I.A.Rogova, N.N.Lipatova, A.B.Lisitsina, G.I.Kasyanova, A.M.Ugoleva singari olimlarning tadqiqotlarida bayon etilgan.
Funksional ovqatlanish faqatgina sog‘liqni saqlashga yordam berib qolmasdan, ma’lum darajada dori vositalarining o‘rnini ham bosadi.
Profilaktik ovqatlanish yordamida yoshga doir kasalliklarni 80% ga, diabetni 50% ga, yurak-qontomir kasalliklarini 25% ga, ko‘rish organlari kasalliklarini 20% ga kamaytirish mumkin.
Barcha oziq-ovqat mahsulotlarini 2 ta katta guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga umumiy maqsadlarga mo‘ljallangan mahsulotlar kirsa, ikkinchi guruhga funsional ovqatlanishga mo‘ljallangan mahsulotlar kiradi.
Yevropa hamkorligining oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘risidagi qonunida funksional ovqatlanishga quyidagicha ta’rif berilgan:
Tarkibidagi ananaviy oziqa moddalari ta’siridan tashqari inson salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi istalgan turdagi modifikatsiyalangan oziq-ovqat mahsuloti yoki oziq-ovqat ingredienti - funksional oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanadi.
2001 yilda VNIIMP da bo‘lib o‘tgan konferensiyada funksional mahsulotlarga quyidagicha ta’rif berilgan: funksional mahsulotlar tabiiy ingredientlardan olingan mahsulot (tabletka, kapsula, kukun emas) bo‘lib, har kunlik ovqatlanish ratsionida mavjud bo‘lishi va iste’mol qilinganda organizmdagi ma’lum jarayonlarni rostlashi, immun reaksiyalar faolligini yo‘nalgan tarzda stimullashi, ma’lum kasalliklar yuzaga kelshini oldini olishi, organizmdagi fiziologik jarayonlarni nazorat qilishi kerak.
Tadqiqotchi olim Shyuneman Verena funksional ovqatlanish mahsulotlari sifatida aholining turli guruhlari (bolalar, kattalar, qariyalar, etnik guruhlar) talablariga maqsadli ravishda javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlarini belgilaydi. Goldberg funksional ovqatlanish tushunchasini kengaytirdi va uchta asosiy holatni belgiladi:

  • funksional ovqatlanish kundalik ratsionning bir qismini tashkil qilishi kerak;

  • ovqatning komponentlari tabiiy bo‘lishi (tabiiy yo‘l bilan tayyorlangan) kerak;

  • organizmning qaysidir funksiyasini rostlashga yordam berishi kerak.

1907 yilda I.I.Mechnikov ko‘plab kasalliklarning paydo bo‘lishiga terida, shilliq qavatida va birinchi navbatda ovqat hazm qilish traktidagi mikroorganizmlar tomonidan ajratib chiqarilgan toksinlar va boshqa metabolitlarning hujayralarga ta’siri sabab bo‘lishi to‘g‘risidagi taxminni ilgari surgan. XX asrning 30-60 yillarida ko‘plab patologik jarayonlarning birinchi navbatdagi sababi markaziy asab tizimidagi buzilishlar bilan bog‘lana boshlandi. XX asrning 80-yillariga kelib esa, inson kasalliklari sonining ortishi atrof-muhit holatining yomonlashuvi, jismoniy harakatsizlik, qishloq xo‘jaligini kimyolashtirish bilan bog‘lana boshlandi.
Aholining ovqatlanishi – barcha davrlarda barcha xalqlarning muhim ijtiomiy muammosi bo‘lib kelgan. Insonning to‘la qiymatli ovqatlanishi uning hayot faoliyatini belgilab beradi. 1985 yilda xorijlik tadqiqotchilar S.B.Eaton va M.Konnor XX asrning ikkinchi yarmiga kelib kasalliklar ko‘payishiga zamonaviy inson genlari oxirgi 100-200 yil ichidaga inson hayotidagi keskin o‘zgarishlarga chidamsizligi sabab bo‘lganligi haqidagi taxminni ilgari surdilar.
Rus fiziologi I.P.Pavlov (1849-1936) ozuqa inson salomatligi va to‘la qiymatli hayotini belgilovchi boshqa barcha omillarga nisbatan afzallikka ega ekanligi haqida gapirgan.
Rus fiziologiyasi maktabi asoschisi hisblangan I.M.Sechenov (1829-1905) moddalar almashinuvi va oziqa moddalarining organizmda o‘zgarishlarini tadqiq qilgan. Vitaminlar haqidagi ta’limot asoschisi rus olimi N.I.Lunin hisoblanadi. Akademik A.A.Pokrovskiy (1916-1976) birinchi bo‘lib balanslangan ovqatlanish konsepsiyasini taklif qilgan va asoslab bergan. M.I.Pevzner (1872-1952) dietaterapiyaning asoschilaridan biri hisoblanadi.
Zamonaviy nutritsiologiya organizmning quyidagi oltita funksiyasini ta’minlovchi ozuqani to‘la qiymatli deb hisoblayi:
energetik – uglevolar, yog‘lar hisobiga va biroz miqdorda oqsillar hisobiga ta’minlanadi;
plastiklik – hujayralar va to‘qimalar tuzilish va yangilanishini ta’minlaydi. Asosan oqsillar va biroz miqdorda mineral moddalar, yog‘lar va uglevodlar hisobiga ta’minlanadi;
biorostlagich – fermentlar va gormonlar ishtirokida ta’minlanadi. Buning uchun oqsillar va vitaminlarning ishtiroki talab qilinadi;
moslashuvchan-rostlovchi – organizmning muhim tizimlari (ovqatlanish, ajratish, haroratni rostlash) me’yorda faoliyat ko‘rsatishiga yordam beradi. Suv, oziqaviy tolalar va boshqa nutrientlar hisobiga ta’minlanadi;
himoyalovchi-reabilitatsion - organizmnig chidamliligini oshirishdan iborat. Turli ovqatlanish ratsionlari profilaktik va davolovchi xossalari hisobiga ta’milanadi;
signal-motivatsion – ziravorlar va boshqa turli ta’m beruvchi moddalarni iste’mol qilishda ishtahaning qo‘zg‘alishiga bog‘langan.
Takrorlash uchun savollar
1. Funksional ovqatlanish mahsulotlari texnologiyasi fani nimani o’rganadi?
2. Funksional ovqatlanish mahsulotlari texnologiyasi fani maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
3.Ratsional sog’lom ovqatlanishni tashkil etish nimalarga bog’liq?
4. Funksional ovqatlanish mahsulotlari iborasi nimani anglatadi?
5. Zamonaviy nutritsiologiya nuqtai-nazaridan qanday ozuqa to’la qiymatli hisoblanadi?



Download 125.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling