Ma’ruza №1 mavzu: kirish. Inson ovqatlanishining tarixiy qirralari reja


Download 25.25 Kb.
bet1/3
Sana08.11.2023
Hajmi25.25 Kb.
#1755722
  1   2   3
Bog'liq
1-ma\'ruza.




MA’RUZA №1


MAVZU: KIRISH. INSON OVQATLANISHINING TARIXIY QIRRALARI


REJA:
1.Fanning maqsadi va vazifalari.
2. Inson ovqatlanishining tarixiy qirralari.
3.Funksional ovqatlanish tushunchasi.
Tayanch so‘z va iboralar
Funksional ovqatlanish, dietaperapiya, sog’lom ovqatlanish, ozuqa ratsioni, funksional ovqatlanish mahsulotlari.

Fanning maqsadi va vazifalari

Inson organizmi hayot faoliyatining asosiy shartlaridan biri ovqatlanish hisoblanadi. Insonning salomatligi, ish qobiliyati va hayoti davomiyligi ovqatlanishga bog‘liq.


To‘la qiymatli va sog‘lom ovqatlanish inson uchun eng muhim muammolardan biri bo‘lib kelgan. Bugungi kundagi murakkab iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda ovqatlanish yomonlashganligi sababli kasalliklarga chidamlilikni oshiruvchi, inson organizmidagi fiziologik jarayonlarni rostlash, uzoq vaqt davomida faol hayot tarzini olib borishga yordam beruvchi funksional ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqish va joriy etish dolzarblik kasb etadi. Butun dunyoda keng miqyosda qo‘llaniluvchi hamda tor yo‘nalishda alohida a’zoga, tizimga, kasallikka qarshi kurashga mo‘ljallangan yangi turdagi funksional ovqatlanish mahsulotlarini yaratish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Hayvon va o‘simlik xomashyolari asosidagi ko‘p komponentli mahsulotlar yetarli darajada ovqatlanish talablariga javob beradi.
Yangi turdagi funksional ovqatlanish mahsulotlari yaratishning asosiy qoidasi mahsulotlarning yuqori darajada to‘la qiymatligi va kafolatlangan xavfsizligiga erishish hisoblanadi.
Har bir inson va millatning salomatligi ovqatlanish ratsioni turi bilan belgilanadi. Ovqatlanish mahsulotlari inson organizmini energiya, kerakli nutrientlar bilan ta’minlashdan tashqari bir qator vazifalarni ham bajarib, ularning ichida eng asosiysi bir qator kasalliklarni oldini olish va davolash hisoblanadi. Davolovchi-profilaktik mahsulotlar ishlab chiqarishni joriy qilish BMT tomonidan qabul qilingan inson ovqatlanishi insonparvarlik yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (VOZ) ma’lumotlariga ko‘ra yer yuzi aholisining salomatligi yomonlashib bormoqda va turli, shu jumladan ovqatlanish bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar bilan kasallanganlar soni ortib bormoqda.
Dietaterpiyada ovqatlanishga oid omillardan foydalanish bo‘yicha turli davlatlar olimlari tomonidan erishilgan ijobiy natijalarga qaramasdan, alohida ozuqa komponentlari metabolizmi jarayonlari hamda ular tarkibi va xossalarining turli yosh guruhidagi kishilardagi patalogik holatlarni bartaraf etishdagi ahamiyati to‘liq o‘rganilmagan.
Sog‘lom ovqatlanishni yo‘lga qo‘yishning yo‘nalishlaridan biri biologik faol qo‘shimchalar (BFQ, BAD) ishlab chiqarishni kengaytirish va mahsulotlarni boyitish orqali vitaminlar, makro- va mikroelementalar tanqisligini kamaytirish hisoblanadi. Ovqatga biologik faol moddalarni ommaviy tarzda qo‘shish aniq holat hisblanadi va qisqa vaqt ichida aholini kamyob hisoblangan biologik faol moddalar bilan ta’minlash muammosini hal qilish, shu orqali inson organizmini muhitning noqulay ta’sirlariga chidamliligini oshirish, bemorlar hayot tarzini yaxshilash, keng tarqalgan kasalliklarning paydo bo‘lishi xavfini kamaytirish, buning natijasida esa millat salomatligi ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkoniyatini beradi. Biologik faol qo‘shimchalarga nisbatan yuzaga kelgan munosabatga qaramasdan zamonaviy turmush tarzining muhim elementiga aylandi. Sog‘lom ovqatlanishni ta’minlashda sanoatning go‘sht va sut mahsulotlari tarmoqlari katta rol o‘ynaydi.
Funksional ovqatlanish mahsulotlari texnologiyasi – kasalliklarni oldini olish va davolashga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarish usullari va uslublari haqidagi fan.
Fanning maqsadi bo‘lg‘usi mutaxassislarda oziqaviy biotexnologiya va profilaktik meditsina sohasidagi, aholining turli qatlamlari uchun ilmiy asoslangan funksional ovqatlanish mahsulotlari texnologiyalarini yaratish va ularni sanoatlashgan tarzda ishlab chiqarish imkoniyatini beruvchi, nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Fanning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin:

  • insonning jinsi, yosh toifasi, milliy mansubligi, yashash va ish sharoitlari, fiziologik holati yoki kasalliklari xarakteriga ko‘ra fiziologik xususiyatlari, ovqat hazm qilish biokimyosi asoslari, gomeostazasini ta’minlash sohasidagi zamonaviy bilimlarni egallash;

  • funksional oziqaviy ingrideintlar va ularning inson organizmi ma’lum funksiyalariga ta’siri to‘g‘risida kerakli ma’lumotlarni olish;

  • homilador ayollar, keng tarqalgan kasalliklar (ateroskleroz, qandli diabet, yurak-qontomir, ovqat hazm qilish organlari kasalliklari, modda almashiniuvi kasalliklari) bilan kasallangan bemorlar, sportchilar uchun maxsus mahsulotlarni loyihalash va ishlab chiqarish. Bolalar va funksional ovqatlanish texnologiyasi sohasidagi bilimlarni joriy qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallash.

Funksional mahsulotlar turlarini ishlab chiqish va yaratishda xomashyoning kimyoviy tarkibini, oziqaviy qiymatini, texnologik ishlov berishning maxsus usullarini o‘rganish kerak.
Mamlakatimizda mavjud bo‘lgan texnik bilimlar potensiali xomashyoni (go‘sht, sut, baliq, don, mevalar, sabzavotlar) yo‘qotilishi va chiqitga chiqishini keskin kamaytirgan holda kompleks qayta ishlash va to‘liq foydalanish imkoniyatini beradi. Zamonaviy qayta ishlash sanoati, jarayonlar va jihozlarning universalligi hisobiga bitta texnologik liniyalarda turli xil qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash imkoniyatini beradi.
Ushbu kursni o’rganishda adabiyot manbalaridan hamda xorijiy olimlar tomnidan amalga oshirilgan fundamental tadqiqotlarida bayon etilgan ma’lumotlardan foydalanilgan.



Download 25.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling