Funksional qiymatli tahlili iqtisoidiy tahlilning muhim shakli


Download 34.44 Kb.
bet1/2
Sana08.03.2023
Hajmi34.44 Kb.
#1254215
  1   2
Bog'liq
FUNKSIONAL QIYMATLI TAHLILI IQTISOIDIY TAHLILNING MUHIM SHAKLI


FUNKSIONAL QIYMATLI TAHLILI IQTISOIDIY TAHLILNING MUHIM SHAKLI


REJA:

1.Funksional qiymatli tahlilning zarurligi va vazifalari.


2.Funksional qiymatli tahlilining vujudga kelish tarixi.
3.Funksional qiymatli tahlilning mohiyati, mazmuni va xususiyatlari.
4.Funksional qiymat tahlilni amalga oshirish bosqichlari.
5.Funksional qiymatli tahlilda qo’llaniladigan evristik usullar va funksional qiymatli tahlilning samaradorligi.


1. Bozorli iqtisodiyot sharoitida xo’jalik sub'ektlari ko’zda tutilmagan hodisa va jarayonlarga ko’plab dush kelishi muqarrar. Bu sharoitda har bir korxona, firma o’z faoliyatini chuqur tahlil qililb noan’anaviy qarorlar qabul qilishni, ko’zda tutilmagan chora-tadbirlarni qo’llashni talab qiladi. Bunga faqat funksional-qiymat tahlilini (FQT) qo’llash yo’li bilan erishish mumkin. FQT jahon amaliyotida, ayniqsa taraqqiy etgan mamlakatlarda keng qo’llanilib kelinmoqda. Uning samaradorligi beqiyos ekanligini jahon amaliyoti takror va takror isbotlab kelmoqda, chunki mahsulotning (ish, xizmatning) sifatini unga sarf qilinadigan xarajatlarning kamaytirish evaziga erishib kelinmoqda. BU esa o’z navbatida korxonaning ichki va tashqi bozordagi raqobatda yutib chiqishini uni moliyaviy barqarorligini mustahkamligini ta'minlamoqda. FQTni iqtisodiyotning barcha sohalarida (sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, savdo kabilar) qo’llanilishi mumkin. Uning ahamiyati beqiyosdir. Chunki jamiyatda manfaatlar mushtarakligini ta'minlaydi. U eng avvalo mehnatkash manfaatiga mos, ularning ortiqcha samarasiz ishlashda, nokerak vazifalarni amalga oshirishda holi qiladi va shu yo’l bilan barcha qilinadigan mehnatni foydaliligini ta'minlaydi. Shu orqali ular bir xil mehnatga bir vaqt birligida ko’p mehnat haqi olishga erishadi. FQT mulk egasi -investorlar manfaati uchun ham xizmat qiladi. U eng avvalo, mahsulot sifatini yaxshilash evaziga mulk egasining iste'mol bozoridagi nufuzini oshiradi. Ikkinchidan esa, korxonada ortihsha sarf-xarajatlarni kamaytirish evaziga uning iqtisodiy samaradorligi oshishiga, foydaning ko’payishiga zamin yaratadi. Korxona faoliyatida moliyaviy barqarorlik ta'minlanib, uning raqobatga bardoshliligi oshadi.
FQT davlat manfaatini ham o’zida aks ettiradi. Korxona faoliyati samaradorligini oshirish, u ishlab chiqargan mahsulotning ichki va tashqi bozordagi nufuzi oshganligi, birinchidan, davlatni tashqi mamlakatlarga tanitadi va ikkinchidan uning byudjetiga har xil soliqli va soliqsiz to’lovlar orqali tushumlarni ko’paytiradi. Demak, FQT butun manfaatlar mushtarakligini va muvofiqligini ta'minlaydi. Bu esa bozorli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy faoliyatning asosiy tamoyillaridan biridir.
2. FQTning vujudga kelish tarixi XX asrning 40-yillariga to’g’ri keladi. Bu tahlilning paydo bo’lishi ob'ektiv zaruratda kelib chiqqan iqtisodiyotda shunday vaziyat vujudga keladiki, endi maqsadsiz xarajatlarni bartaraf qilib, korxona faoliyatining samaradorligini oshirish evaziga ko’proq foyda olish zarurati tug’ildi. FQTning metodologiyasi birinchi marta sobiq Ittifoq davrida 40 -yilllarda rus konstruktori Permlik Yu.M.Sabolev tomonidan ishlab chiqilgan. Shu davrda AQSHda ham bir guruh olimlar FQT metodologiyasini yaratish bo’yicha muhandis L.Maylson rahbarligida ish olib bordilar. So’ngra tahlilning bu turi G`arbiy Yevropa va taraqqiy etgan yirik mamlakatlarga (Angliya, Germaniya, Yaponiya va h.k.) tarqaldi. Shuni ta'kidlash joizki, FQT sobiq Ittifoqda birinchi marta yaratilishiga haramasdan, uning amaliyotda qo’llanilishi orqada qoldi. Shu tufayli AQSHda tahlilning bu turi amaliyotga birinchi marta joriy qilinishi bilan harakterlanadi. Bu esa FQTning vatani AQSH degan tushunchani vujudga keltirdi. Sobiq Ittifoqda FQTdan amaliyotda foydalanish 70--yillarning o’rtalariga to’g’ri keladi. 1974 -yilda boshlab u elektrotexnika sanoatida, 80--yillardan esa mashinasozlik sanoatida qo’llanildi. FQTning takomillashishi shu asrning 80--yillariga to’g’ri keladi. Bu davrda shu soha bo’yicha juda ko’plab adabiyotlar yaratildi. Bunda olimlardan B.I.Maydonchiq, M.G.Karponin, N.K.Moiseeva, V.P.Saltikova, R.Volchiq, A.D.Sheremetov, A.P.Seleznyov kabilar katta hissa qo’shdilar. Bu olimlar FQT bo’yicha monografiya, darslik, o’quv va amaliy qo’llanmalar yaratdilar. Xullas FQTning nazariy va amaliy asosi yaratildi. 1985 -yilda Riga shahrida FQTdan foydalanish bo’yicha ikkinchi Butunittifoq simpoziumi, 1986-yilda Shexoslovakiyada FQTni qo’llashga bag’ishlangan 9-halqaro ilmiy amaliy anjuman bo’lib o’tdi. Bu tadbirlar FQTning iqtisodiyotning barcha sohalarida keng kulamda qo’llanish imkonini berdi. Shunday qilib, 90-yillarga kelib FQT o’zining nazariy asosiga, amaliy tajribasiga ega bo’ldi va iqtisodiy tahlilning bir shakli sifatida mustahkamlandi.
.3. FQTni qo’llashdan maqsad korxonaning xarajatlarini kamaytirish evaziga uning faoliyatida yuqorida samaradorlik va sifat ko’rsatkichiga erishishdan iboratdir. Bunga iqtisodiy hodisa, jarayon va faoliyatning sodir bo’lmasdan oldin sistemali ravishda tahlil qilish orqali erishiladi. Natijada mahsulotning yuqori sifati, ishning yuksak samaradorligi ta'minlanadi. Shu tufayli FQT iqtisodiy tahlilning eng samarali ilg’or shakllaridan biri bo’lib hisoblanadi. Tahlilning bu shakli asosan mikroiqtisodiyot darajasida qo’llanadi. Bunda ham aniq bo’g’inlarni, mahsulotni, jarayonni, faoliyatni ob'ekt qilib oladi. Masalan, biror mahsulotni ishlab chiqarish, tovar harakatini boshqarish yoki biror mutaxassis faoliyatini takomillashtirish kabilar. Demak, FQTning qo’llanish doirasi qisqa va aniq maqsadlarni ko’zda tutar ekan. Shunday qilib FQT deb ish faoliyat mehnatning samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida, ularni sistemali ravishda, sodir bo’lmasdan oldin, mantiqiy (evristik) yo’l bilan tahlil qilish orqali mahsulotni ishlab chiqarishda unga sarflanadigan xarajatlarni va bajariladigan vazifalarni kamaytirish evaziga uning foydaliligi va rentabelliligini ko’paytirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish jarayoniga aytiladi. FQT o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bular quyidagilardan iborat:
1.Tahlil qilinayotgan ob'ekt hali ishga tushmagan, faoliyat ko’rsatmayotgan, loyihalashtirish, rejalashtirish bosqichida bo’lishi mumkin. Shu tufayli FQT iqtisodiy jarayon sodir bo’lmasdan oldin o’tkaziladi.
2.har bir tahlil qilinayotgan ob'ektda birorta hodisa yoki iqtisodiy jarayonning to’liq sodir bo’lishi uchun u qanday vazifalardan iboratliligi aniqlanadi. Bunday tahlilda abstrakt tafakkur, evristik tahlillardan foydalanish mumkin.

3.FQTda barcha vazifalar ushga bo’lib o’rganiladi: asosiy, qo’shimsha, nokerak. Tahlil qilinadigan ob'ekt faoliyatini loyihalashtirishda nokerak vazifalarni bartaraf qilish yo’llari ishlab chiqiladi. Bu esa xarajatning o’z-o’zidan kamayishini ta'minlaydi.

4.har bir asosi va qo’shimsha vazifalarning qanday amalga oshishi belgilanadi. Imoni borisha bu vazifalar ham tejamli yo’llar bilan mahsulot (ish, xizmat) sifatini oshiradigan darajada bajarilishini ta'minlaydi.
5.FQT samaradorligi oldindan aniqlanadi. Chunki ta'kidlanganidek oldindan aniqlangan nokerak vazifalar sodir bo’lmasdan ularga mablag’, vaqt yo’qotilmasdan bartaraf qilinadi. Bu ham uning o’ta samarali iqtisodiy dastak ekanligidan dalolatdir.
6. Ushbu tahlilda axborot manbai bo’lib, o’tgan, sodir bo’lgan iqtisodiy jarayonni ifodalovchi hisobotlar emas, balki bajarilishi lozim bo’lgan, ko’proq ilmiy va mantiqiy yo’l bilan aniqlangan, qali sodir bo’lmagan vazifalar sistemasi hisoblanadi.

7.Faoliyat ko’rsatayotgan ob'ektlarda FQT biznes rejani to’zishda qo’llaniladi. Uning har bir ko’rsatkichini asoslash uchun vazifalarni tarkiblash (asosiy, qo’shimsha, nokerak) tamo-yiliga asoslanadi. Bu esa, iqtisodiy ko’rsatkichlarning ham yaxshilanishini, iqtisodiy o’sishini samarali yo’llar bilan ta'minlash imkonini beradi.



FQTda tahlilning ham tahlil qilinayotgan ob'ektning ham maqsadini, kutilayotgan natijasini, vazifasini mohiyatini ta'sirini va aloqasini aniqlab olishni taqozo qiladi. Ob'ektning maqsadida u orqali nimaga erishilishi ko’zda tutiladi. Natijada shu ob'ekt nimaga erishilganligi ko’rsatiladi. Uning vazifasida shu ob'ektning nima qilishi ko’zda tutilsa, mohiyatida shu ob'ekt nima qila olishini ko’rsatadi. Ob'ektning ta'siri deganda, ob'ektning nimani o’zgartira olishi tuchunilsa, uning aloqasida FQT boshqa ko’rsatkichlarga ta'sir qilish nimalar orqali amalga oshishi ko’rsatiladi. Shu tufayli FQTni amalga oshirish jarayonida ushbu iboralardan to’g’ri va aniq foydalanish lozimdir.

8.4. Maxsus adabiyotlarda funksional baholash tahlilning asosiy bosqichlari tayyorlanish, axborotlarni to’plash, tahlil qilish, ijodiy bosqich, ilmiy tadqiqot bosqichi, xulosa va takliflarni joriy qilish bosqichlari keng yoritilgan. Tayyorlash bosqichida eng avvalo tahlil qilinadigan ko’rsatkich jarayon, hodisa, faoliyat kabi tahlil ob'ekti aniqlanadi. Axborotlarni to’plash bosqichida ishchi guruh tanlangan ob'ektni tahlil qilish uchun ma'lumotlarni (iqtisodiy ko’rsatkichlarni, konstruktorlik yeshimlarini, texnologik jarayon hujjatlarini, patentlarni, ilmiy texnik tavsiyalar kabilarni) to’playdi, ularni bir sistemaga keltiradi va o’rganadi. Tahlil qilish bosqichida to’plangan va bir sistemaga keltirilgan axborot manbalariga asosan bajariladigan har bir funksiyaning muhimligi uni qoldirish yoki bartaraf qilishligi aniqlanadi. Bu bosqichda bajariladigan funksiyalar bevosita korxonaning o’zida va tashqarida bajarilishi o’rganiladi. Ya'ni, yangi ob'ekt ma'lum mezon-baholarga javob berishi lozim. Bu ob'ekt hozirgi vaqt uchun, kelajak uchun kamchiliklardan holi mukammal bo’lishi zarur. Muhim mezon sifatida yangi ob'ekt uchun sarflanadigan materiallar sarfi ancha kam bo’lishi talab etiladi. Ma'lumki mamlakatimizda yaratilayotgan mahsulotlarga ketayotgan xom-ashyo sarfi dunyo standartlariga nisbatan 2-3 marta ko’p. Buning oqibatida mamlakatimiz tabiiy boyliklari sezilarli tarzda ko’p sarflanmoqda va buni kishartirish masalasi muhim ahamiyatga ega bo’lib kelmokda. FQTning samaradorligi faqat shu mahsulotni ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar bilangina o’lshanib qolmaydi. Eng muhimi uning sifati va raqobatbardoshliliga ijobiy ta'sir qiladi. Shu tufayli FQTni samaradorligini aniqlashda bir qancha ko’rsatkichlar inobatga olinishi shart. Bularning hammasi FQTning ijodiy bosqichida aniqlanishi mumkin. Ijodiy bosqich FQTning o’ziga xos xususiyatlaridan biri bo’lib, unda har bir zarur funksiyalarni bartaraf qilish bo’yicha g’oyalar, tavsiyalar to’planadi. Eng muhimi ushbu bosqichda biror mahsulotni yaratishdagi funksiyalarni takomillashtirish bilan birga yaratilayotgan mahsulotning o’zi ham takomillashtiriladi. FQTning tadqiqot bosqichi ham muhim bosqichlardan biridir. Unda tanlab olingan eng samarali variantlarni qo’llash, ularni amaliyotga joriy qilish yo’l-yo’riqlari ishlanadi. Aynan shu bosqichda joriy qilinadigan tavsiyaning texnik iqtisodiy samaradorligiga, uning tahlil qilinayotgan ob'ekt sifati va narxiga qanday ta'sir qilishi o’rganiladi. Bularni amalga oshirishda asosan eksport usulidan foydalaniladi. Xulosa va takliflarni joriy qilish bosqichida FQTning barcha bosqichlari orqali eng qulay va samarali variant tanlanadi. Endigi eng muhim vazifa shu tanlangan variantni joriy qilishdir. Bu ishni amalga oshirish butun jamoaning zimmasida bo’ladi. FQTni joriy qilish qancha samara berishi ham shu bosqichda ko’rib chiqiladi. FQTni joriy qilishga ketgan barcha xarajatlar ulardan keladigan foyda evaziga bir necha marta qoplanishi lozim. Shu tufayli FQTning samaradorligi ham aynan shu bosqichda asoslanishi shart. Bu uchun FQTni amalga oshirishga ketgan xarajatlarning qoplanishi darajasi, undan kelgan foyda so’mmasining (F) shu

tadbirda ketgan xarajatga (har) nisbati bilan aniqlanadi.




Download 34.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling