Rak kasalligida yuzaga keladigan og‘riqni farmakologik dori vositalari bilan davolash
Og‘riq qoldirishni adekvat tanlash oddiydan kuchliroq ta’sir qiluvchi yo‘l asosida olib boriladi. Shuningdek, oddiy analgetiklar ta’sirini kuchaytiruvchi boshqa analgetiklar, qusishga qarshi vositalar, antidepresantlar, kortikosteroidlar ham qo‘llaniladi. Ammo, bular nojo‘ya ta’sirni kuchaytirishi ham mumkin.
Davolash oddiy aspirin yoki shunga o‘xshash dori vositasi bilan boshlanadi. Bu preparatlar og‘riqni qoldiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va isitmani tushiruvchi ta’sirga ega. Aspiringa o‘xshab isitma tushiruvchi va og‘riqsizlantiruvchi faoliyatga ega bo‘lib, lekin kuchsiz yallig‘lanishga qarshi samaraga ega paratsetamol ham og‘riq qoldirishga qo‘llaniladi. Bu dori preparatlarning asosiy ustunligi nojo‘ya ta’sir etmasligidadir. Shuningdek, qisqa narkotik ta’sirga ega – kodein rak kasalligi tufayli yuzaga keladigan og‘riqni qoldirishda samarali bo‘lishi mumkin. Narkotik analgetiklarni qo‘llashdan maqsad minimal nojo‘ya ta’sirga ega bo‘lgan bu dorilar og‘riqni nazorat qilishga erishishdir. Eng ko‘p tibbiyot amaliyotida qo‘llaniladigan narkotik analgetik morfin hisoblanadi. Ko‘pgina bemorlarda morfinni enteral yo‘l bilan yuborish og‘riqni qoldirishda yetarli hisoblaniladi. Og‘riq ustidan doimiy nazoratga erishish uchun uni har to‘rt soatda yuborishga rioya qilish kerak. Sutkasiga ikki marta qabul qilinadigan morfin uzoq vaqt ta’sir qilsh ustunligiga ega. Narkotik og‘riqsizlantiruvchi dorilarning eng katta yetishmovchiligi ularning nojo‘ya ta’siri, ayniqsa, uyquchanlik va ko‘ngil aynish kuzatilishidir.
Neyroxirurgik davolash usullari
Neyroxirurgik davolash usullari konservativ davolash usullari samara bermagan holatlarda qo‘llaniladi. Asosiy neyroxirurgik davolash usullari quyidagilar hisoblanadi:
Nervni kesish, rak tufayli yuzaga keladigan og‘riqlarni davolashda kam qo‘llaniladi. Uni, o‘sma nervga o‘sib kirganda yuzaga keladigan og‘riqlarda qo‘llash mumkin.
Xordotomiya – yon spinotalamik yo‘lni kesish nazarda tutiladi. Xordotomiya ochiq operatsiya usulida yoki S1 va S2 darajasida perkutan muolaja yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Qo‘llardagi og‘riqlarda u doimiy bo‘lmagan samaraga ega. Rak tufayli og‘riqlarda ushbu muolaja chegaralangan qo‘llanishga ega, chunki xordotomiya qo`llanilganda og‘rizlantirish tananing yarmida yuzaga keladi. Ikki tomonlama xordotomiyada asoratlar yuzaga kelish xavfi yuqori. Shuning uchun ham visseral og‘riqlarda xordotomiyaning samarasi past hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |