Fuqaro muhofazasining kuch va vositalari. Reja: Fuqaro muhofazasining kuch
Download 40.16 Kb.
|
Fuqaro muhofazasining kuch va vositalari. Reja Fuqaro muhofazas
Fuqaro muhofazasining kuch va vositalari. Reja: Fuqaro muhofazasining kuch Fuqaro muhofazasining kuch va vositalari. Bu tinchlik va harbiy davrdagi favqulodda vaziyatlarda aholini va hududlarni muhofaza qilish funktsiyasiga ega bo’lgan barcha davlat, mahalliy, ob’ekt tuzilmalari va bo’linmalarining majmuidir. Fuqaro muhofazasi kuchlari-O’zbekiston Respublikasi aholisi va hududini tinchlik va urush vaqtida tabiiy, ekologik va texnogen FVlardan himoyalovchi davlat, mahalliy, inshoot va boshqa tizim va qismlar majmuasidir. Fuqaro muhofazasining vositalari-bu O’zbekiston Reespublikasi aholisi va hududini tinchlik va urush vaqtida himoyalash uchun zarur va moddiy-texnik boyliklar yig’indisidir.21 O’zbekiston Respublikasidagi FVlarning oqibatlarini bartaraf etish uchun yo’naltirilgan kuch va vositalar quyidagilardan iborat: Vazirliklar va idoralarning harbiylashtirilgan hamda professional ixtisoslashtirilgan avariya – qutqaruv va avariya – tiklash bo’linmalari Mudofaa vazirligining FM qo’shinlarining kuchlari va vositalari, Ichki ishlar vazirligining Harbiylashtirilgan yong’indan saqlash Respublika ixtisoslashtirilgan otryadi, Sog’liqni saqlash vazirligining shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish Respublika markazi, “O’zavtotrans” davlat korporatsiyasining shoshilinch ishga kirishish avtotransport otryadlari, “O’zbekiston havo yo’llari” “O’zbekiston temir yo’llari” kompaniyalarinig maxsus otryadlari. Mahalliy hokimiyat organlarining (Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar), Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchi komandalarining tuzilmalari Ob’ektlarning ixtisoslashtirilgan tuzilmalari. Tashkilot, idora va ishlab chiqarish tarmoqlarida jamoatchilik asosida tashkil etilgan kuchlar. Bularning oldiga qo’yilgan vazifalar asosan o’z tasarrufidagi ish faoliyati miqiyosida sodir bo’ladigan noxush vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishdan iborat. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida qo’yilgan dadil qadamlardan biri-avval mudofaa vazirligi qoshida fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasining, so’ngra esa shu boshqarma negizida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4 martdagi PF-1378 Farmoni bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilishi bo’ldi. Aholi va xalq O.Qudratov, T.G’aniev “Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi” 37-38-betlar xo’jaligi ob’ektlarini muhofaza etishni ta’minlashga rahbarlik qilish respublikada O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari Favqulodda vaziyatlar vaziriga yuklatildi. Farmonning ushbu bandiga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 11 dekabrdagi PF-2153 Farmoni bilan o’zgartirish kiritilib O’zbekiston Respublikasida aholi va xalq xo’jaligi ob’ektlarini muhofaza etishni ta’minlashga rahbar etib O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri belgilandi.22 Vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo’nalishi asosan: a) favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, b) aholi hayoti va salomatligini muhofaza qilish, v) favqulodda vaziyatlar vujudga kelganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararlarini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, g) favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi harakatlarni boshqarishning davlat tizimini tashkil etish va uning faoliyatini ta’minlash, d) fuqarolar muhofazasiga rahbarlik qilish, vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish, e) maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va halqaro hamkorlikni yo’lga qo’yish va hokazo. Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi o’z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarni bajarish boshqa vazirliklar, idoralar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijroga qabul qilinishi majburiy hisoblanadi. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda, sodir bo’lgan favkulodda vaziyatning turi, xususiyatiga muvofiq maxsus kuchlar jalb kilinadi. Bunday vaziyatlarda favqulodda vaziyatning vaqti, qamrab olgan xududi, aholi punkti va boshqa xususiyatlariga alohida e’tibor berilib zudlik bilan ishga kirishiladi. Respublikamiz hududlarida sodir bo’ladigan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga jalb qilinadigan kuchlarni Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq quyidagi turlari mavjud: fuqaro muhofazasi qo’shinlari; favqulodda vaziyatlar vazirligiga bevosita hamda tezkor buysinuvchi respublikamiz ixtisoslashtirilgan tuzilmalari; vazirliklar va idoralarning harbiylashtirilgan hamda professional ixtisoslashtirilgan avariya- qutqaruv va avariya-tiklash bo’linmalari; mahalliy xokimiyat organlarining maxsus qutqaruv guruhlari; ob’ektlarning ixtisoslashtirilgan tuzilmalari; hududiy va ob’ektlarning harbiylashtirilmagan umumiy va maxsus maqsadlardagi tuzilmalari; Qizil Yarim Oy jamiyatining ko’ngillilar otryadlari; Vatanparvar mudofaaga ko’maklashuvchi tashkiloti. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, qayd qilingan maxsus kuchlardan tashkari har bir tashkilotning qoshida, tashkilot yo’nalishidan kelib chiqib maxsus halokatdan qutqaruv va tezkor harakat qilish guruhlari tashkil etilgan.Umumiy holatda Nurxo’jaev A.Q., Yunusov M.Yu., Xabibullaev I.X. “Favqulodda vaziyatlar va muhofaza tadbirlari” 2001 y.9-10 betlar O’zbekiston Respublikasidagi favqulodda vaziyatlar okibatlarini bartaraf etish uchun yo’naltirilgan kuchlarni uch yirik toifaga ajratish mumkin. Favqulodda vaziyatlar vazirligiga to’g’ridan to’g’ri bo’ysinuvchi kundalik vazifasi, maqsadi faqat favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga, tezkor harakat qilishga mo’ljallangan kuchlar; Turli Vazirlik, tashkilotlar qoshida mujassam bo’lgan o’z faoliyatlarini (mutaxassisligi buyicha) ishlab chikarish, kundalik vazifalarini bajarishda davom ettiradigan, lekin favqulodda vaziyat sodir bo’lib ularga ehtiyoj sezilgudek bo’lsa, favqulodda vaziyatlar vazirligiga tezkor bo’ysunuvchi kuchlar; Turli korxona, idora va ishlab chiqarish tarmoqlarida, jamoatchilik asosida tashkil etilgan, noxush vaziyatlar sodir bo’lsa, shoshilinch ishga kirishuvchi mahalliy miqyosda faoliyat ko’rsatuvchi kuchlar. Mazkur guruhlar qaerda joylashganligidan qat’iy nazar mushtarak vazifalarni bajarish maqsadida tashkil etilgan. Qanchalik qonun va karorlarda har bir guruhlarning vazifasi, maqsadi, qutqaruvchilarning burch va ma’suliyati me’yoriy asoslar bilan mustahkamlanmasin, hayotda sodir bo’layotgan yoki bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlar o’z tuzatishlarini kiritadi. Favqulodda vaziyatlar sodir bo’lar ekan, ularni bartaraf etishda ma’lum kuchlardan tashqari etarli vosita va mablag’lardan ham foydalaniladi. Favqulodda vaziyatlar davlat tizimining vosita va mablag’lari - tinchlik va harbiy davrda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish uchun zarur bo’lgan moliyaviy va moddiy resurslar majmuidir. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar rezervlari oldindan, favqulodda vaziyatlar ro’y bergan taqdirda shoshilinch tarzda jalb etish maqsadida yaratiladi. Moliyaviy va moddiy resurslar rezervlarini yaratish, ulardan foydalanish va ularni to’ldirish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Fuqarolar muhofazasining asosiy va muhim xizmatlaridan biri tibbiy xizmat ko’rsatishdir. Fuqaro muhofazasi tibbiy xizmati tinchlik davrida sog’liqni saqlash organlari va muassasalari bazasida tashkil etiladi. Shahar, tuman, viloyat sog’liqni saqlash organlari rahbarlari fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatiga boshchilik qiladi va bevosita fuqaro muhofazasi boshliqlariga bo’ysinadilar. O’zbekistonda Prezidentimizning 1998 yil 10 noyabrdagi Farmoniga muvofiq qabul qilinib, 1999-2004 yillarda sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishga mo’ljallangan dastur doirasida «Halokatlar tibbiyoti» xizmati yo’lga qo’yilgan bo’lib, u uch tarkibiy qismdan iborat va tibbiy xizmatning amaldagi kuchlari va vositalaridan samarali foydalanishga asoslangan. Bunda fuqaro muhofazasi tibbiy xizmatini tashkil etishning bir qancha printsiplari «Halokatlar tibbiyoti» xizmatida ham saqlanib qoladi. Bular saralash- evakuatsiya gospitallari, profillangan kasalxonalar, birinchi tibbiy yordam otryadlari tashkil etish printsiplari va boshqalardir. «Halokatlar tibbiyoti»ning bosh vazifasi va maqsadi shikastlanganlarni iloji boricha ko’p qutqarishdir. Ommaviy shikastlanish vaktida tibbiy yordam berishni tashkil etish quyidagi vazifalar hal etilishini nazarda tutadi: shkast o’choqlarini tibbiy razvedka qilish; jabrlanganlarni qidirib topish va ularni qutqarish; jabrlanganlarni saralash; jabrlanganlarni evakuatsiya qilish; Shikast o’choqlarini tibbiy razvedka qilish uchun aholi soni, tibbiy xizmat kuchlari va vositalariningqanchaligi, er yuzasining past- balandligi, yo’llar, suv manbalarining mavjudligi va ahvoli haqida ma’lumotga ega bo’lish zarur. Jabrlanganlarni bir necha soat, yoki bir kecha- kunduz mobaynida qidirib topish va qutqarish, falokat sodir bo’lganda iloji boricha ko’proq jabrlanganlar hayotini saqlab qolish eng muhim vazifadir. Odatda bunday vazifani o’t o’chirish komandalari, militsiya, harbiy qismlarning xodimlari, jamoatchilik asosida o’z xohishlari bilan otilib chiqqan mard fidoyilar, yaqin kishilar, qarindoshlar bajaradilar. O’zbekiston Respublikasi FM ijtimoiy kuchlari yetarli zaruriyat tamoyillari asosida tashkil topgan. Respublika FVDS hududiy va mahkamalar bo’yicha boshqarish tamoyillariga asoslangan. Hududiy tamoyillari Qoraqalpog’iston Avtonom Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladi. Mahkama tamoyillari bo’yicha esa vazirliklar, Davlat qo’mitalari, korporatsiya, konsern, assotsiatsiyalarda tuziladi. Ular atrof-muhit holatini, obektlardagi yashirin xavflarni, hamda tasarruflaridagi inshootlarda FVlarni ogohlantirish va oqibatlarini tugatish ishlarini olib boradilar. FVDSning har bir tashkiloti quyidagilarga ega bo’lishi kerak: Jamoat birlashmalarining qismlari (Qizil Yarim Oy jamiyati ko’ngillilari va sh.o’.). Fuqaro muhofazasi askarlari FVVga bo’ysunadi va urush vaqtida muhim mudofa va sanoat inshootlarida ish olib boradilar. Tinchlik vaqtida yirik avariya, falokat va tabiiy ofatlar oqibatini tugatishda maxsus asbob uskunalar va mutaxasislar zarur bo’lgan hollarda kechiktirib bo’lmaydigan avariya qutqaruv ishlarini bajarishda qo’llanadi. Yirik hajmli tabiiy va texnogen FVlarda, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga binoan, Mudofaa vazirligining muhandislik, kimyoviy, sapyor va boshqa qismlari, hamda harbiy transport aviatsyasi va tibbiy xizmat muassasalari jalb qilinadi. FVVga bo’ysunuvchi Respublika maxsus qismlari doimo tayyor turuvchi avariya-qutqaruv va avariya-tiklov ixtisoslashgan qismlaridan tashkil topgan. Ular dunyo standartlari talablariga javob bera oluvchi maxsus qidiruv asboblari, qutqaruv uskunalari, yuqori malakali mutaxasislar bilan ta’minlanganlar. Bundan tashqari, zamonaviy muhandislik va transport vositalari, energiya ta’minotining avtonom manbai, 72 soatga mo’ljallangan suv, oziq-ovqat va boshqa zarur ashyolar vaziyat taqozasiga ko’ra ushbu qismlar ixtiyoriga beriladi. Ular tarkibiga tezkor harbiylashgan terma otryad (TXTO) va Respublika tezkor ixtisoslashgan markaz (RTIM) kiradi. FM tadbirlarini ta’minlash va FM kadrlarini tayyorlash uchun FVV tasarrufiga bevosita quyidagilar kiritilgan: aloqa tarmog’i — 68 kishi, shahardan tashqaridagi boshqaruv punkti — 140 kishi, kimyoviy-radiometrik laboratoriya - 5 kishi. Fuqaro muhofazasi instituti - 75 kishi, markaziy aeromobil qism — 21 kishi. Bundan tashqari, FVVning tasarrufidagi Respublika tezkor ixtisoslashgan qismiga .mudofaa Vazirligining harbiy qismlari (mexanizatsiyalashgan bataloni), Sog’liqni saqlash vazirligining Respublika tezkor tibbiy markazi va O’zavtotrans davlat korporatsiyasining avtotransport va avtosanitariya qismlari kiritilgan. TXTO va RTIM asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: FVlarni cheklash oqibati va oqibatlarini tugatish bo’yicha tezkor va samarali tayyorgarlikni ta’minlash; Razvedka ishlarini olib borish, vaziyatni baholash va tezkor operativ axborot uzatish; Jabrlanganlarni, moddiy va madaniy boyliklarni qidirish va qutqarish, XX yillarda, tiklash ishlarini olib borish (shu jumladan, O’zbekiston Respulikasi hududidan tashqarida ham). Ha yot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchasi hisoblanib, u hodisa, jarayon, obektlar, ta`sir etuvchi omil va kuchlarning insonumriga, sog’lig’iga qay darajada zarar keltirishini anglatadi. Jumladan yong’inlar, ishlab chiqarishdagi avariyalar, portlashlar, epidemiologik vaziyatlar, tabiiy ofatlar va boshqa ko`rinishdagi xavflardan insonlarni ko’radigan talofatlarini aytish mumkin. Наr qanaqa xavflarning turini, xususiyatlarini xarakterlovchi belgilar, ко’rsatkichlar va ularning soni turli holda bo’lishi mumkin. Jumladan ba’zi bir xavflarda xarakterlovchi ko`rsatkichlar ko`p sonda, ba’zi birlarida kichik sonda boladi. Ya`ni har qanaqa xavflarni standart aniq ko`rsatkichlar bilan xarakterlab bo’lmaydi. Demak, har qanday xavflar turli ko`rsatkichlar orqali va ularning soni turlicha bo`lishidan qat’iy nazar ularning barchasi bir umumiy xususiyatga ega. Ya`ni ularning ta`siri atrof-muhitga (ish sharoitlariga, qo`llanilayotgan asbob-uskuna, jihozlar, obektlarga xom-ashyo, tayyor mahsulotlarga) jiddiy salbiy ta`sir kuchini ko’r satadi hamda insonlarning sog`ligini, hayotini, umrini xavf ostida qoldiradi. Shuning uchun xavflarni o’z vaqtida bilib, ularni kelib chiqish sabablari, tavsiflari aniq o'rganilsa, xavflarning oldini olish yoki ularni zarar keltiruvchi xususiyatlarini kamaytirishga erishishmumkin. Shuningdek, xavflardan keyingi qilinadigan tadbirlarni va xavf oqibatlarini tezroq hal qilish imkoniyatiga ega bo'linadi.Har qanaqa xavf o’zida inson faoliyatini izdan chiqaruvchi ta’sirga yoki energiyaga ega bo’lib, o’zida biologik yoki kimyoviy aktiv moddalarni saqlaydi. Masalan, atir-upa sanoatida qo’llaniladigan erituvchilar: efir, spirt, xloroform va boshqalarni surunkali ta’sir etishi oqibatida allergik kasalliklarni, kimyo sanoatida qo’llaniladigan homashyolar esa insonlarni kimyoviy zaharlanishiga yoki texnologik rejimga amal qilinmasdan tayyorlangan qo’ziqorinli, baqlajonli, baliqli va go’shtli konserva mahsulotlarini yeyish oqibatida biologik zaharlanishga olib keladi. Shikast o’choqlarini tibbiy razvedka qilish uchun aholi soni, tibbiy xizmat kuchlari va vositalarining qanchaligi, er yuzasining past- balandligi, yo’llar, suv manbalarining mavjudligi va ahvoli haqida ma’lumotga ega bo’lish zarur. Jabrlanganlarni bir necha soat, yoki bir kecha- kunduz mobaynida qidirib topish va qutqarish, falokat sodir bo’lganda iloji boricha ko’proq jabrlanganlar hayotini saqlab qolish eng muhim vazifadir. Odatda bunday vazifani o’t o’chirish komandalari, militsiya, harbiy qismlarning xodimlari, jamoatchilik asosida o’z xohishlari bilan otilib chiqqan mard fidoyilar, yaqin kishilar, qarindoshlar bajaradilar. Download 40.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling