Fuqarolar (jismoniy shaxslar) va yuridik shaxslar o‘z fuqarolik huquqlariga o‘z erklariga muvofiq EGA bo‘ladilar va bu huquqlarini o‘z manfaatlarini ko‘zlab amalga oshiradilar


-modda. Xo‘jalik shirkati yoki jamiyati ishtirokchilarining huquq va burchlari


Download 1.26 Mb.
bet27/133
Sana30.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1403089
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   133
Bog'liq
FUQAROLIK (I) KODEKSI

59-modda. Xo‘jalik shirkati yoki jamiyati ishtirokchilarining huquq va burchlari
Xo‘jalik shirkati yoki jamiyatining ishtirokchilari quyidagilarga haqlidirlar:
shirkatning yoki jamiyatning ishlarini boshqarishda qatnashish, boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
ta’sis hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda shirkatning yoki jamiyatning faoliyati to‘g‘risida axborot olish hamda uning buxgalteriya daftarlari va boshqa hujjatlari bilan tanishish;
foydani taqsimlashda qatnashish;
shirkat yoki jamiyat tugatilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini olish.
Xo‘jalik shirkati yoki jamiyatining ishtirokchilari ushbu Kodeksda, boshqa qonun hujjatlarida, shirkat yoki jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
Xo‘jalik shirkati yoki jamiyatining ishtirokchilari:
ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, miqdorda, usullarda va muddatlarda hissa qo‘shishlari;
shirkat yoki jamiyatning faoliyati to‘g‘risidagi maxfiy axborotni oshkor qilmasliklari shart.
Xo‘jalik shirkati yoki jamiyati ishtirokchilarining shirkat yoki jamiyat ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa burchlari ham bo‘lishi mumkin.
[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.03.00.00 Юридик шахслар / 03.03.05.00 Хўжалик ширкатлари ва жамиятлари / 03.03.05.03 Тўлиқ ширкат]
60-modda. To‘liq shirkat
[СПиТ:
1.Юридик шахслар / Тўлиқ ширкат]
Ishtirokchilari o‘z o‘rtalarida tuzilgan shartnomaga muvofiq shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan hamda uning majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradigan shirkat to‘liq shirkat hisoblanadi.
SHaxs faqat bitta to‘liq shirkatning ishtirokchisi bo‘lishi mumkin.
To‘liq shirkatning firma nomi uning barcha ishtirokchilarining nomlari (nomlanishi)ni, shuningdek «to‘liq shirkat» degan so‘zlarni, yoxud bir yoki bir necha ishtirokchining «va kompaniya» degan so‘zlar qo‘shilgan nomi (nomlanishi)ni, shuningdek «to‘liq shirkat» degan so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak.
[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.03.00.00 Юридик шахслар / 03.03.05.00 Хўжалик ширкатлари ва жамиятлари / 03.03.05.02 Коммандит ширкат]

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling