262-modda. Neustoyka to‘g‘risidagi kelishuvning shakli
Neustoyka to‘g‘risidagi kelishuv yozma shaklda tuzilishi kerak.
263-modda. Qonuniy neustoyka
[СПиТ:
1.Мажбуриятлар бажарилишини таъминлаш турлари / Қонуний неустойка]
Neustoyka to‘lash taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan yoki tutilmaganligidan qat’i nazar, kreditor qonunda belgilangan neustoyka (qonuniy neustoyka)ni to‘lashni talab qilishga haqli.
Qonuniy neustoykaning miqdori, agar qonun taqiqlamasa, taraflarning kelishuvi bilan ko‘paytirilishi mumkin.
2-§. Garov
[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.10.00.00 Мажбурият ҳуқуқи / 03.10.04.01 Умумий қоидалар / 03.10.99.00 Гаров]
264-modda. Garov tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari
[СПиТ:
1.Мажбуриятлар бажарилишини таъминлаш турлари / Гаров]
Bir shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkni yoki unga bo‘lgan huquqni majburiyatlarni ta’minlash uchun berishi garov hisoblanadi.
[СПиТ:
1.Шартнома тарафлари / Гаровга қўювчи;
2.Шартнома тарафлари / Гаровга олувчи]
Garovga ko‘ra qarzdor garov bilan ta’minlangan majburiyatni bajarmagan taqdirda kreditor (garovga oluvchi) bu majburiyat bo‘yicha o‘z talabi garovga qo‘yilgan mol-mulkning qiymatidan ushbu mol-mulk egasi bo‘lgan shaxs (garovga qo‘yuvchi)ning boshqa kreditorlariga qaraganda imtiyozli suratda qanoatlantirilishiga, qonunda belgilab qo‘yilgan chegirishlardan keyin, haqli bo‘ladi.
Garovga oluvchi garovga qo‘yilgan mol-mulkni yo‘qotganlik yoki unga ziyon etkazganlik uchun sug‘urta haqidan, bu mol-mulk kimning foydasiga sug‘urta qilingan bo‘lishidan qat’i nazar, o‘z talabi yuqoridagi asoslarda qanoatlantirilishiga haqli, basharti mol-mulkni yo‘qotish yoki unga ziyon etkazish garovga oluvchi javobgar bo‘lgan sabablarga ko‘ra yuz bergan bo‘lmasa.
Garov shartnoma yoki qonun asosida amalda yuzaga keladi.
265-modda. Garov turlari
[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.10.00.00 Мажбурият ҳуқуқи / 03.10.04.01 Умумий қоидалар / 03.10.99.00 Гаров]
Garov zakalat, ipoteka, shuningdek huquqlar garovi tarzida amal qilishi mumkin.
[ОКОЗ:
Do'stlaringiz bilan baham: |