338-modda. Kreditorning ijroni kechiktirib yuborish oqibatlari
Kreditorning shartnoma bo‘yicha o‘ziga tegishli narsani qabul qilishni kechiktirib yuborishi qarzdorga kechiktirib yuborish tufayli etkazilgan zararni undirib olish huquqini beradi va keyinchalik majburiyatni ijro etish mumkin bo‘lmay qolsa, uni javobgarlikdan ozod qiladi, qarzdorning qasddan ish tutishi yoki qo‘pol ehtiyotsizlik qilish hollari bundan mustasno.
Pul majburiyati bo‘yicha kreditor ijroni kechiktirib yuborgan vaqt uchun qarzdor foiz to‘lashga majbur emas.
339-modda. Ijroning kechiktirib yuborilganligi uchun kreditorni javobgarlikdan ozod qilish
Agar kreditor ijroning kechiktirib yuborilishi qonunga muvofiq yoki kreditorning topshirig‘i bilan ijroni qabul qilish vazifasi yuklatilgan shaxslar qasddan ish tutganligi yoki ehtiyotsizligi tufayli kelib chiqqanligini isbotlasa, u ijroning kechiktirib yuborilganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.10.00.00 Мажбурият ҳуқуқи / 03.10.04.00 Мажбуриятларнинг бекор бўлиши]
25-BOB
MAJBURIYATLARNING BEKOR BO‘LISHI
340-modda. Majburiyatlarning bekor bo‘lish asoslari
Majburiyat ushbu Kodeksda, boshqa qonunlarda yoki shartnomada nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra to‘liq yoki qisman bekor bo‘ladi.
Majburiyatni taraflardan birining talabi bilan bekor qilishga qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan hollardagina yo‘l qo‘yiladi.
341-modda. Majburiyatning bajarilishi bilan bekor bo‘lishi
Majburiyat, qoida tariqasida, uning lozim darajada bajarilishi bilan bekor bo‘ladi.
342-modda. Voz kechish haqi
[СПиТ:
1.Мажбурият ҳуқуқи. Битимлар / Воз кечиш ҳақи]
Taraflarning kelishuviga muvofiq majburiyat uni bajarish o‘rniga voz kechish haqini berish (pul to‘lash, mol-mulk berish va shu kabilar) bilan bekor qilinishi mumkin. Voz kechish haqining miqdori, muddatlari va uni berish tartibini taraflar belgilaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |