Fuqarolar (jismoniy shaxslar) va yuridik shaxslar o‘z fuqarolik huquqlariga o‘z erklariga muvofiq EGA bo‘ladilar va bu huquqlarini o‘z manfaatlarini ko‘zlab amalga oshiradilar


Download 1.26 Mb.
bet122/133
Sana30.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1403089
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   133
Bog'liq
FUQAROLIK (I) KODEKSI

348-modda. Qarzdan voz kechish
Kreditor qarzdorni uning zimmasidagi majburiyatlardan ozod qilishi bilan, agar bu hol boshqa shaxslarning kreditor mol-mulkiga nisbatan huquqlarini buzmasa, majburiyat bekor bo‘ladi.
349-modda. Bajarish mumkin bo‘lmaganligi tufayli majburiyatning bekor bo‘lishi
Agar taraflardan birontasi ham javob bermaydigan vaziyat tufayli majburiyatni bajarish mumkin bo‘lmay qolsa, u bekor bo‘ladi.
Basharti, qarzdor majburiyatni kreditorning aybli harakatlari tufayli bajarishi mumkin bo‘lmasa, kreditor o‘zining majburiyat bo‘yicha bajarganlarini qaytarib berishni talab qilishga haqli emas.
350-modda. Majburiyatning davlat organi hujjati asosida bekor bo‘lishi
Agar davlat organining hujjati chiqishi natijasida majburiyatni bajarish to‘liq yoki qisman mumkin bo‘lmay qolsa, majburiyat to‘liq yoki uning tegishli qismi bekor bo‘ladi. Buning natijasida zarar ko‘rgan taraflar ushbu Kodeksning 12 va 15-moddalariga muvofiq uni to‘lashni talab qilishga haqlidirlar.
Davlat organining majburiyat bekor bo‘lishiga asos bo‘lgan hujjati belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topilganida, agar taraflarning kelishuvidan yoki majburiyatning mohiyatidan boshqacha tartib kelib chiqmasa va majburiyatni bajarish kreditor uchun o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan bo‘lsa, majburiyat tiklanadi.
351-modda. Fuqaro vafot etishi bilan majburiyatning bekor bo‘lishi
Agar majburiyatni qarzdorning shaxsiy ishtirokisiz bajarish mumkin bo‘lmasa yoki majburiyat boshqacha tarzda qarzdorning shaxsi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lsa, qarzdor vafot etishi bilan majburiyat bekor bo‘ladi.
Agar majburiyatni bajarish shaxsan kreditor uchun mo‘ljallangan yoki majburiyat boshqacha tarzda kreditorning shaxsi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lsa, kreditor vafot etishi bilan majburiyat bekor bo‘ladi.
352-modda. YUridik shaxs tugatilishi bilan majburiyatning bekor bo‘lishi
YUridik shaxs (qarzdor yoki kreditor) tugatilishi bilan majburiyat bekor bo‘ladi, qonun hujjatlari bilan tugatilgan yuridik shaxsning majburiyatlarini bajarish boshqa shaxs zimmasiga yuklatilgan (hayotga yoki sog‘liqqa etkazilgan zararni to‘lash talabi va boshqa talablar bo‘yicha) hollar bundan mustasno.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling