Fuqarolar (jismoniy shaxslar) va yuridik shaxslar o‘z fuqarolik huquqlariga o‘z erklariga muvofiq EGA bo‘ladilar va bu huquqlarini o‘z manfaatlarini ko‘zlab amalga oshiradilar


-modda. Ishonchnomani qaytarish majburiyati


Download 1.26 Mb.
bet57/133
Sana30.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1403089
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   133
Bog'liq
FUQAROLIK (I) KODEKSI

144-modda. Ishonchnomani qaytarish majburiyati
Ishonchnomaning amal qilishi bekor bo‘lganidan keyin ishonchnoma olgan shaxs yoki uning merosxo‘rlari (huquqiy vorislari) darhol ishonchnomani qaytarib berishlari shart.
5-kichik bo‘lim
MUDDATLAR. DA’VO MUDDATI

[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.07.00.00 Муддатлар. Даъво муддати / 03.07.01.00 Муддатлар]
11-BOB
MUDDATLARNI HISOBLASH

145-modda. Muddat belgilash
Qonun hujjatlarida yoki bitimda belgilangan, shuningdek sud tomonidan tayinlanadigan muddat kalendar sana bilan yoxud yillar, oylar, haftalar, kunlar yoki soatlar bilan o‘lchanadigan vaqt davrining o‘tishi bilan belgilanadi.
Muddat muqarrar yuz berishi kerak bo‘lgan voqeani ko‘rsatish bilan ham belgilanishi mumkin.
146-modda. Vaqt davri bilan belgilangan muddatning boshlanishi
Vaqt davri bilan belgilangan muddat kalendar sanadan keyingi yoki uning boshlanish kuni deb belgilangan voqea yuz berganidan keyingi kundan o‘ta boshlaydi.
147-modda. Vaqt davri bilan belgilangan muddatning tamom bo‘lishi
Yillar bilan hisoblanadigan muddat uning oxirgi yilidagi tegishli oy va kunda tamom bo‘ladi.
YArim yil deb belgilangan muddatga nisbatan oylar bilan hisoblanadigan muddatlar uchun belgilangan qoidalar qo‘llaniladi.
Yil choraklari bilan hisoblanadigan muddatga nisbatan oylar bilan hisoblanadigan muddatlar uchun belgilangan qoidalar qo‘llaniladi. Bunda yil choragi uch oyga teng deb hisoblanadi, yil choraklarining hisobi esa — yil boshidan yuritiladi.
Oylar bilan hisoblanadigan muddat shu muddatning oxirgi oyidagi tegishli kunda tugaydi.
YArim oy deb belgilangan muddatga kunlar bilan hisoblanadigan muddat deb qaraladi va u o‘n besh kunga teng bo‘ladi.
Agar oylar bilan hisoblanadigan muddatning tamom bo‘lishi tegishli raqam bo‘lmagan oyga to‘g‘ri kelsa, u holda muddat shu oyning oxirgi kunida tugaydi.
Haftalar bilan o‘lchanadigan muddat shu muddatning oxirgi haftasidagi tegishli kunda tugaydi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling