231-modda. Mulkdorning huquqlarini egalik qilishdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan huquq- buzarliklardan himoya qilish (negator da’vo)
[СПиТ:
1.Мулк ҳуқуқи. Ашёвий ҳуқуқлар / Негатор даъво]
Mulkdor o‘z huquqlarining har qanday buzilishini, garchi bu buzish egalik qilishdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmasa ham, bartaraf etishni talab qilishi mumkin (negator da’vo).
232-modda. Mulkdor bo‘lmagan eganing huquqlarini himoya qilish
Garchi mulkdor bo‘lmasa ham, lekin mol-mulkka meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, xo‘jalik yuritish, operativ boshqarish huquqi asosida yoki qonun yoxud shartnomada nazarda tutilgan boshqa asosga ko‘ra egalik qilayotgan shaxs ham ushbu Kodeksning 228-231-moddalarida nazarda tutilgan huquqlarga ega bo‘ladi. Bu shaxs o‘z egaligini mulkdordan ham himoya qilish huquqiga ega.
233-modda. Mulk huquqining qonunga muvofiq bekor bo‘lish oqibatlari
Mulk huquqini bekor qiladigan qonun qabul qilingan taqdirda, ushbu Qonunni qabul qilish natijasida mulkdorga etkazilgan zarar, shu jumladan mol-mulkning qiymati davlat tomonidan to‘lanadi. Zararni to‘lash bilan bog‘liq nizolar sud tomonidan hal qilinadi.
[ТСЗ:
1.Фуқаролик қонунчилиги. Тадбиркорлик / Мажбурият ҳуқуқи. Мажбуриятларнинг алоҳида турлари]
III BO‘LIM
MAJBURIYAT HUQUQI
1-kichik bo‘lim
MAJBURIYATLAR TO‘G‘RISIDA UMUMIY QOIDALAR
[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.10.00.00 Мажбурият ҳуқуқи / 03.10.01.00 Мажбурият тушунчаси ва томонлари. Мажбуриятда шахсларнинг алмашинуви]
20-BOB
MAJBURIYAT TUSHUNCHASI VA TARAFLARI
234-modda. Majburiyat tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari
[СПиТ:
1.Мажбурият ҳуқуқи. Битимлар / Мажбурият]
Majburiyat — fuqarolik huquqiy munosabati bo‘lib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, pul to‘lash va hokazo yoki muayyan harakatdan o‘zini saqlashga majbur bo‘ladi, kreditor esa — qarzdordan o‘zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Majburiyatlar shartnomadan, ziyon etkazish natijasida hamda ushbu Kodeksda ko‘rsatilgan boshqa asoslardan kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |