1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.10.00.00 Мажбурият ҳуқуқи / 03.10.04.01 Умумий қоидалар / 03.10.99.00 Гаров]
270-modda. Garov huquqining vujudga kelishi
Garov huquqi garov to‘g‘risida shartnoma tuzilgan paytdan yoxud, basharti shartnoma notarial tasdiqlanishi shart bo‘lsa — notarial tasdiqlangan paytdan, shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart bo‘lganida esa — u ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Basharti, garov narsasi qonunga yoki shartnomaga asosan garovga qo‘yuvchida bo‘lishi lozim bo‘lsa, garov huquqi unga garov narsasi berilgan paytdan, basharti bunday topshirish shartnoma tuzilishidan avval amalga oshgan bo‘lsa — shartnoma tuzilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.10.00.00 Мажбурият ҳуқуқи / 03.10.04.01 Умумий қоидалар / 03.10.99.00 Гаров]
271-modda. Garov to‘g‘risidagi shartnoma, uning shakli va shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish
Garov to‘g‘risidagi shartnomada garov narsasi va uning bahosi, mohiyati, miqdori va garov bilan ta’minlanadigan majburiyatning bajarilish muddati ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Unda garovga qo‘yilgan mol-mulk taraflarning qaysi birida ekanligi ham ko‘psatilishi shart.
Garov to‘g‘pisidagi shartnoma yozma shaklda tuzilishi kerak.
[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.10.00.00 Мажбурият ҳуқуқи / 03.10.04.02 Ипотека / 03.10.99.00 Гаров]
Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma, shuningdek notarial tasdiqlanishi kepak bo‘lgan shartnomaga muvofiq olinadigan majburiyatlarni ta’minlash yuzasidan ko‘char mol-mulkni yoki mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni garovga qo‘yish to‘g‘risidagi shartnoma notarial tasdiqlanishi shapt.
[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.10.00.00 Мажбурият ҳуқуқи / 03.10.04.02 Ипотека / 03.10.99.00 Гаров]
Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma tegishli mol-mulk haqida tuziladigan bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlaridagi qoidalarga rioya qilmaslik garov to‘g‘risidagi shartnomaning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi.
[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.10.00.00 Мажбурият ҳуқуқи / 03.10.04.01 Умумий қоидалар / 03.10.99.00 Гаров]
Do'stlaringiz bilan baham: |