Fuqarolar yig‘inining komissiyalari to‘g‘risida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar Mazkur Namunaviy nizom «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»


-bob. «Keksalar maslahat guruhi»ning faoliyatini tashkil etish


Download 145.65 Kb.
bet17/18
Sana20.12.2022
Hajmi145.65 Kb.
#1036408
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
комиссия низоми лотин

4-bob. «Keksalar maslahat guruhi»ning faoliyatini tashkil etish
1-§. «Keksalar maslahat guruhi»ning maqsadi, asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari
49. «Keksalar maslahat guruhi»ning (keyingi o‘rinlarda — Guruh) maqsadi keksalarning muammolarini manzilli o‘rganish va bartaraf etish, keksa avlod vakillarining boy hayotiy tajribasidan oilalar va mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, yoshlarni tarbiyalashda unumli foydalanish, ularning islohotlar jarayonida faol ishtirok etishini ta’minlashdan iborat.
50. Quyidagilar Guruhning asosiy vazifalari hisoblanadi:
hududda aholiga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot va idoralar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy savodxonligini yuksaltirishga ko‘maklashish;
ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati va ogohligini oshirish, jaholatga qarshi ta’sirchan ma’rifat targ‘ibotini, umumta’lim maktablarida kiyinish madaniyati, o‘quvchilarning davomatini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
keksa avlod vakillarining davlat va jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish, fuqarolar yig‘ini hududidagi muammolarni hal etish, milliy urf-odat, an’ana va marosimlarni tashkil etish hamda o‘tkazishda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish;
oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlashda fuqarolar yig‘ini kengashiga ko‘maklashish;
kambag‘al va ko‘p bolali oilalar, yolg‘iz, nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda fuqarolar yig‘ini kengashiga, davlat va jamoat tashkilotlariga ko‘maklashish;
aholi o‘rtasida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari guruhlarini shakllantirish, keksalarni ommaviy sport musobaqalariga keng jalb etishda faollik ko‘rsatish;
ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusning mahallalarda amalga oshirilishida faollik ko‘rsatish;
loqaydlik, oilaviy kelishmovchiliklar va yoshlar o‘rtasida «ommaviy madaniyat»ning salbiy illatlari tarqalishini oldini olish, fuqarolar yig‘inida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda jamoatchilik munosabatini shakllantirish;
keksalar orasida sport-sog‘lomlashtirish, muvaffaqiyatli qarish, salomatlik uchun shaxsiy mas’uliyatni yuksaltirish kabi targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish;
ijtimoiy himoyadagi yolg‘iz keksalarning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi, qarovchisiz qolgan fuqarolarni ambulator-statsionar hamda uy sharoitida davolash, yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarga tibbiy-ijtimoiy xizmatlarning tashkil etilishini nazorat qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan pensiya yoshidagi kishilarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvi, bandligini ta’minlashga ko‘maklashish;
to‘y va boshqa oilaviy tadbirlarni ixcham holda o‘tkazish bo‘yicha mahallada targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib borish;
ilm-fan, san’at, hunarmandchilik, kasanachilik, tomorqa madaniyati, tadbirkorlik kabi turli sohalar bo‘yicha katta hayotiy va kasbiy tajribaga ega keksalar ishtirokida aholi orasida tadbirlar o‘tkazish;
yolg‘iz keksalar hamda pensionerlar uchun tarixiy qadamjolar, ziyoratgohlarga muntazam sayohatlar uyushtirish.
51. Guruh quyidagi huquqlarga ega:
faoliyati uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni tegishli tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rab olish;
faoliyat yo‘nalishiga oid u yoki bu masalalar yuzasidan qabul qilgan qarorlarini fuqarolar yig‘ini kengashida ko‘rib chiqish uchun taqdim etish;
ushbu Namunaviy nizomda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tadbirlarga davlat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlarning vakillarini va boshqa shaxslarni jalb qilish;
mahalladagi tinchlik, hamjihatlik muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning sabablari va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha fuqarolar yig‘ini kengashi, fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi)ga takliflar kiritish;
ijtimoiy faol, tashabbuskor, fidoyi keksalarni rag‘batlantirish, shu jumladan, «Mehnat faxriysi», «Mo‘tabar ayol» va «Mahalla iftixori» ko‘krak nishonlariga tavsiya etish bo‘yicha fuqarolar yig‘ini kengashi, fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi)ga takliflar kiritish;
mahallada keksalarning muammolarini o‘rganib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tavsiyalar berish.
52. Guruhning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
o‘z faoliyatida qonunchilik hujjatlariga va mazkur Namunaviy nizom talablariga qat’iy rioya qilish;
fuqarolar yig‘ini hayotida, fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi), fuqarolar yig‘ini kengashining qarorlarini amaliyotga tatbiq etishda faol ishtirok etish;
yo‘nalishi bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini samarali hamda maqsadli tarzda muntazam ravishda amalga oshirish;
Guruh faoliyatida fuqarolarning qadr-qimmati kamsitilishiga, huquq va erkinliklarining poymol etilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
qonun buzilishi holatlari aniqlangan hollarda tegishli organlarga xabar berish to‘g‘risida fuqarolar yig‘ini kengashiga takliflar kiritish;
Guruh a’zolariga ayon bo‘lgan shaxsiy hayotga oid ma’lumotlarni o‘zgalarga oshkor qilmaslik.

Download 145.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling