Fuqarolar yig‘inining komissiyalari to‘g‘risida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar Mazkur Namunaviy nizom «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»


-§. Universitet tarkibini shakllantirish


Download 145.65 Kb.
bet13/18
Sana20.12.2022
Hajmi145.65 Kb.
#1036408
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
комиссия низоми лотин

2-§. Universitet tarkibini shakllantirish
Oldingi tahrirga qarang.
10. Universitet tarkibi fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) tomonidan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi o‘tkazilgandan keyin bir oy ichida 8 — 12 nafar a’zodan iborat tarkibda besh yil muddatga saylanadi.
Unga fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qilayotgan, hayotiy tajribaga, aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan, salohiyatli, faol ayol rahbarlik qiladi. Universitet rahbarining o‘rinbosari lavozimiga nomzodga va a’zolikka nomzodga fuqarolar yig‘ini majlisida (fuqarolar vakillarining yig‘ilishida) hozir bo‘lganlarning yarmidan ko‘pi yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, u saylangan hisoblanadi.
Mahalladagi xotin-qizlar faoli xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha Universitet faoliyatini tashkil etadi va muvofiqlashtirib boradi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022 y., 09/22/438/0726-son)
11. Universitet a’zolari huquqshunos, shifokor, pedagog, psixolog va boshqa mutaxassislar hamda Universitetga yuklangan vazifalarning mazmun-mohiyatini chuqur tushunadigan, obro‘-e’tiborli, katta hayotiy tajribaga va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan, jamiyatda o‘zining namunali xulqi bilan obro‘-e’tibor qozongan faol fuqarolar orasidan saylanadi.
12. Universitet o‘z oldida turgan asosiy vazifalarni har oyda kamida bir marta chaqiriladigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqadi. Universitet yig‘ilishi a’zolarning kamida uchdan ikki qismi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Universitet a’zolarining yarmidan ko‘pi yoqlab ovoz bergan qaror qabul qilingan hisoblanadi.
13. Universitetning yig‘ilishida quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Universitetning yillik, choraklik ish rejalari, shu jumladan, Universitet mashg‘ulotlarining yo‘nalishlari bo‘yicha rejasini ishlab chiqish va ularni tasdiqlash uchun tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi va fuqarolar yig‘ini kengashiga kiritish bilan bog‘liq masalalar;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022 y., 09/22/438/0726-son)
Universitet ish rejalari ijrosi yuzasidan Universitet a’zolarining amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlarini eshitish bilan bog‘liq masalalar;
Oldingi tahrirga qarang.
tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) bilan kelishishni talab qiladigan boshqa masalalar.
(13-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022 y., 09/22/438/0726-son)
14. Universitet rahbari:
Universitet faoliyatini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;
Universitetning yig‘ilishlarida raislik qiladi;
oilaviy munosabatlarda har xil muammolarga duch kelayotgan ota-onalar, yoshlar va boshqa shaxslarning ro‘yxatini shakllantiradi va ularning muammolarini hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
oilaviy munosabatlarda har xil muammolarga duch kelayotgan mahalla hududidagi ota-onalar, yoshlar va boshqa shaxslarga oilalarda sog‘lom turmush tarzini ta’minlash va farzand tarbiyasiga oid masalalarda yuzaga kelgan qiyin vaziyatlardan chiqish hamda ularning huquqiy, ma’naviy-axloqiy, pedagogik, psixologik va tibbiy bilimlarini oshirishda amaliy yordam ko‘rsatish tadbirlarini amalga oshiradi;
(14-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022 y., 09/22/438/0726-son)
Universitet a’zolari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Universitet a’zolariga yuklangan vazifalarning o‘z vaqtida, sifatli va oila bilan ishlash odob-axloq qoidalari buzilmasligini e’tiborga olgan holda, bajarilishini ta’minlaydi;
Universitet ish rejalari ijrosi yuzasidan Universitet a’zolarining amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlarini eshitish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi;
fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillari yig‘ilishi), fuqarolar yig‘ini kengashi majlislarida Universitet nomidan vakil bo‘ladi;
Universitet nomidan chiqadigan hujjatlarni imzolaydi;

Download 145.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling