Fuqarolar yig‘inining komissiyalari to‘g‘risida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar Mazkur Namunaviy nizom «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»


-§. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiyani shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish


Download 145.65 Kb.
bet8/18
Sana20.12.2022
Hajmi145.65 Kb.
#1036408
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
комиссия низоми лотин

2-§. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiyani shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish
41. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiya fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) tomonidan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovidan so‘ng bir oy ichida 8 — 12 nafar a’zodan iborat tarkibda 5 yil muddatga saylanadi.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiya tarkibiga ta’lim muassasalari, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududdagi korxona, tashkilot va muassasalardagi boshlang‘ich tashkilotining vakillari, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ning huquq-tartibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari (profilaktika inspektori), shuningdek, hayotiy tajribaga, aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan hamda o‘zining tarbiyaviy ta’sirini o‘tkaza oladigan faol fuqarolar, shu jumladan tashabbuskor yoshlar kiritilishi mumkin.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiyaga rahbarlik fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ning tadbirkorlik, tomorqa va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiya tarkibiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan shaxs, agar fuqarolar yig‘ini majlisida (fuqarolar vakillarining yig‘ilishida) hozir bo‘lganlarning yarmidan ko‘pi uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, saylangan hisoblanadi.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiya a’zosi muddatidan avval komissiya tarkibidan chiqsa, komissiyaning yangi a’zosi bir oy muddat ichida fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi) tomonidan saylanadi.
42. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiya raisi:
komissiya faoliyatini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;
ushbu Namunaviy nizomda belgilangan vazifalarning komissiya a’zolari tomonidan bajarilishini ta’minlaydi;
majlislarni chaqiradi va o‘tkazadi;
fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillari yig‘ilishi), fuqarolar yig‘ini kengashi majlislarida uning nomidan vakil bo‘ladi;
komissiya nomidan chiqadigan hujjatlarni imzolaydi.
komissiya o‘zining birinchi tashkiliy yig‘ilishida a’zolar ichidan komissiya raisining o‘rinbosarini va komissiya kotibini saylaydi.
komissiya raisi o‘rinbosarining vazifalari komissiya raisi tomonidan fuqarolar yig‘ini kengashi bilan kelishilgan holda belgilanadi. Komissiya raisi uzrli sabablarga ko‘ra bo‘lmagan hollarda rais o‘rinbosari uning vazifasini bajaradi.
43. Vazifalar taqsimoti hamda unga asosan tuzilgan ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiyaning yillik, choraklik ish rejalari komissiya yig‘ilishida muhokama qilinadi va fuqarolar yig‘ini kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiya ish rejasi ijrosi yuzasidan komissiya a’zolarining amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlari har oyda komissiya yig‘ilishlarida eshitilib, tegishli qarorlar qabul qilib boriladi.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiya yig‘ilishi, agar uning ishida komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashayotgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiya yig‘ilishida ishtirok etayotgan a’zolarning yarmidan ko‘pi yoqlab ovoz berganda qaror qabul qilingan hisoblanadi.
44. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiya kotibi yig‘ilishlarning bayonini yuritadi va qarorlar ijrosini nazorat qiladi.
45. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiya o‘z faoliyati yuzasidan har oyda fuqarolar yig‘ini kengashiga, yilning har choragida fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi)ga hisobot berib boradi.

Download 145.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling