Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish


Download 66.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana16.06.2023
Hajmi66.71 Kb.
#1503727
1   2   3   4
Bog'liq
pdf

2024 yilga qadar bosqichma-bosqich respublikaning barcha hududlarida Pensiya jamg'armasining tuman
(shahar) bo'limlari binolarini minimal talablarga moslashtirsin.
6. Belgilansinki, Pensiya jamg'armasining hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo'limlari faoliyatini
saqlash va moliyalashtirish Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent
shahar byudjetlari hisobidan amalga oshiriladi.
7. Moliya vazirligi:
ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib
chiqadigan o'zgartirish va qo'shimchalar to'g'risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
2021 yil davomida Markaziy bank, tegishli mas'ul vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 2022-2024
yillarda hududlarda pensiyalar va nafaqalarni to'lash bo'yicha tijorat banklari va boshqa ixtisoslashgan
tashkilotlar o'rtasida tender o'tkazish choralarini ko'rsin;


toshvil.uz
3
2022 yil 1 yanvardan  boshlab Davlat byudjeti parametrlarida mazkur qarorda nazarda tutilgan
xarajatlarni amalga oshirish uchun zarur mablag'larni ko'zda tutsin.
8. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining va O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 5-
ilovaga muvofiq o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilsin.
9. O'zbekiston Milliy axborot agentligi va O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga ushbu qaror maqsadi
va vazifalari ommaviy axborot vositalarida va Internet tarmog'ida keng yoritilishini ta'minlash tavsiya
etilsin.
10. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga mas'ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o'rinbosari –
iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vaziri J.A.Kuchkarov, moliya vaziri T.A.Ishmetov hamda
bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas'ul tashkilotlar faoliyatini
muvofiqlashtirish va nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O'zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.MIRZIYoEV
Toshkent shahri,
2021 yil 4 may

Download 66.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling