shuningdek pensioner bilan u vafot etgan kunigacha birgalikda yashab turgan oila a’zolari bu
pulni, ular boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi bilan ta’minlanadiganlar doirasiga kirmaganlari
taqdirida ham olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Oldingi
tahrirga qarang.
Pensioner vafot etgan oy uchun olinmay qolgan pensiya puli ko‘rsatib o‘tilgan oila
a’zolariga ushbu oy uchun to‘liq to‘lanadi.
(63-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
Oilaning bir necha a’zosi murojaat etgan taqdirda pensiyaning ularga tegishli summasi
ularning o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Pensioner vafot etgan taqdirda uning oilasiga yoki pensionerning
dafn marosimini
o‘tkazgan shaxsga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining to‘rt
barobari miqdorida dafn
etish nafaqasi to‘lanadi.
(63-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Ko‘rsatib o‘tilgan pullar, ularni olish uchun pensioner vafot etganidan keyin oltmish kun
ichida murojaat etilgan taqdirda to‘lanadi.
(63-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-417-
sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: