Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘G‘risida


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/42
Sana07.03.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1246646
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
938-XII-сон 03.09.1993. Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida



O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 03.09.1993 yildagi 938-XII-son
Кучга кириш санаси
01.07.1994
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
FUQAROLARNING DAVLAT PENSIYA TA’MINOTI TO‘G‘RISIDA
Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qariganda, mehnat qobiliyatini
to‘liq yoki qisman yo‘qotganda, boquvchisiz qolganda ijtimoiy ta’minlanishdan iborat
konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish, davlat pensiyalarining yagona tizimini, ularni
tayinlash, hisoblab chiqarish, qayta hisoblash va to‘lash tartibini belgilaydi.
I BOB. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Fuqarolarning davlat pensiya ta’minotiga taalluqli huquqlari
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda davlat
tomonidan pensiya bilan ta’minlanish huquqiga egadirlar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Respublika hududidan tashqarida yashab turgan O‘zbekiston Respublikasining
fuqarolarini pensiya bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari
asosida amalga oshiriladi.
(1-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 5-yanvardagi O‘RQ-318-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 1-son, 4-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi
bo‘lmagan shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda pensiya olish
huquqiga egadirlar.
(1-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 5-yanvardagi O‘RQ-318-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 1-son, 4-modda)
Ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolar va ularning oilalari ushbu Qonunga binoan davlat
pensiyalari olish huquqiga ega emaslar. Ularning ijtimoiy ta’minlanish tartibini O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab qo‘yadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 107-son qarori
bilan tasdiqlangan “Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga va
mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi 
nizom
.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling