13-modda. Liliputlar va pakanalarga pensiyalar
Ushbu Qonunning
7-moddasida
belgilangan yoshni 15 yilga qisqartirilgan holda pensiya
olish huquqiga gipofizar mittilik kasaliga chalinganlar (liliputlar) va gavda tuzilishida
mutanosiblik buzilgan pakanalar:
erkaklar — ish staji kamida 20 yil bo‘lganda;
ayollar — ish staji kamida 15 yil bo‘lganda ega bo‘ladilar.
14-modda. Yoshga doir pensiyalarni muddatidan oldin tayinlash
Oldingi
tahrirga qarang.
Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar
soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi
yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof
etilgan shaxslar:
(14-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-
son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
erkaklar — 58 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;
ayollar — 53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda pensiya olish
huquqiga ega bo‘ladilar.
III BOB. NOGIRONLIK PENSIYALARI
15-modda. Pensiyalarni tayinlash shartlari
Oldingi
tahrirga qarang.
Nogironlik pensiyalari qonunchilikda belgilangan tartibda I va II guruh nogironligi
bo‘lgan shaxslar deb topilgan shaxslarga, shuningdek Chernobil AESdagi avariya tufayli mayib
bo‘lish yoki kasallik oqibatida III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan shaxslarga
tayinlanadi.
(15-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi O‘RQ-752-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 03/22/752/0113-son)
16-modda. Nogironlik guruhlari
Sog‘lig‘ini yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasiga qarab, nogironlikning uch
guruhi aniqlanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik boshlangan vaqt va
nogironlikning qancha muddatga belgilanishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tasdiqlaydigan ular to‘g‘risidagi Nizom asosida ishlovchi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari
tomonidan aniqlanadi.
(16-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 8-avgustdagi
175-sonli
“Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati boshqarish tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishni
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2011-yil 1-iyuldagi
195-sonli
“Tibbiy-mehnat
ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini yanada
takomillashtirishga, nogironlikni va kasbiy mehnatga layoqat yo‘qotilishi darajasini aniqlashga
yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |