Oldingi
tahrirga qarang.
l) ixtisoslashgan tibbiy muassasalarning shifokorlari va o‘rta tibbiy xodimlari —
maxsus
ish staji shaharchalar, qishloqlar hamda ovullarda kamida 25 yil va shaharlarda kamida 30 yil
bo‘lgan taqdirda (3-sonli ro‘yxat, VIII qism);
(12-moddaning “l” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktabrdagi O‘RQ-795-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 03/22/795/0963-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
m) qariyalarga, nogironligi bo‘lgan shaxslarga va yolg‘iz fuqarolarga xizmat ko‘rsatishda
bevosita band bo‘lgan ijtimoiy xodimlar (3-sonli ro‘yxat, IX qism):
(12-bandning “m” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
erkaklar — maxsus ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;
ayollar — maxsus ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda.
Oldingi
tahrirga qarang.
12 -modda. Umumiy belgilangan yoshni bir yilga qisqartirilgan holda pensiya olish
huquqi
Ushbu Qonun 37-moddasining
“a”
,
“b”
,
“v”
va
“g”
bandlarida
nazarda
tutilgan kamida
yigirma yillik ish staji bo‘lgan ayollar ellik to‘rt yoshga to‘lganda
pensiya olish huquqiga ega
bo‘ladilar.
(Qonun O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 14-apreldagi 760-I-son
Qonuniga
muvofiq 12 -
modda bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 112-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: