VIII BOB. PENSIYALARNI QAYTA HISOBLASh
49-modda. Pensiyalarni qayta hisoblash shartlari
Pensiyalarni qayta hisoblash:
pensioner pensiya miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi (pensiya tayinlanishigacha bo‘lgan ish staji va
ish haqi to‘g‘risidagi hamda boshqa) qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etgan taqdirda;
nogironlik guruhi o‘zgarganda;
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oladigan oila a’zolari soni o‘zgarganda;
Oldingi
tahrirga qarang.
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorlari o‘zgargan taqdirda;
(49-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-
dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
(49-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi
O‘RQ-272-sonli
Qonuni
bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)
daromadlar indeksatsiya qilingan taqdirda amalga oshiriladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lsa,
fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda
pensiya har ikki yilda bir
marotaba qayta hisoblab chiqiladi. Bunda pensiyani qayta hisoblash
fuqaro pensiya miqdorini
qayta hisoblash uchun murojaat qilgan
sanadagi ushbu Qonunning
17-moddasida
ko‘rsatilgan
yoshga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
(49-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktabrdagi O‘RQ-795-sonli
Qonuniga
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 03/22/795/0963-son —
2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Pensionerlar pensiyani qayta hisoblash uchun ana shunday huquq paydo bo‘lganidan keyin
istalgan vaqtda murojaat etishlari mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
(50-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-272-sonli
Qonuni
bilan
chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: