6-modda. Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonunchilik
Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa
qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining
fuqarolar davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha
qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
II BOB. YoShGA DOIR PENSIYALAR
7-modda. Yoshga doir pensiya olish huquqi
Yoshga doir pensiya olish huquqiga:
erkaklar — 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;
ayollar — 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar.
8-modda. Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiya
Oldingi
tahrirga qarang.
Pensiya tayinlash uchun (
7-modda
) yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga yoshga
doir pensiyalar ushbu Qonun 37-moddasi birinchi qismining
“a”
,
“b”
,
“v”
va
“g”
bandlarida nazarda
tutilgan kamida 7 yil ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda (
29-modda
)
tayinlanadi.
(8-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
9-modda. Imtiyozli shartlardagi pensiyalar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ro‘yxatlarga muvofiq
fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar, chunonchi:
Yoshidan qat’i nazar pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar,
kasblar va lavozimlarning 1-sonli ro‘yxati;
Umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan
ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning 2-sonli ro‘yxati;
Umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan
ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, vazifalar va ko‘rsatkichlarning 3-sonli ro‘yxati.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-son “Imtiyozli shartlarda
pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va
ko‘rsatkichlarning ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
qaroriga
qarang.
Oldingi
tahrirga qarang.
Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga urush nogironlari, bolalikdan nogironligi bo‘lgan
farzandlarning onalari, liliputlar va pakanalar ham ega.
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |