20-modda. Qaramoqda deb hisoblanuvchi oila a’zolari
Ushbu Qonunning
19-moddasida
ko‘rsatib o‘tilgan oila a’zolari, agar ular marhumning to‘liq
boquvida bo‘lgan yoki undan yordam olib turgan bo‘lsalar, bu yordam ular uchun doimiy va asosiy
kun kechirish mablag‘ining manbai hisoblangan bo‘lsa, marhumning qaramog‘ida turgan deb
hisoblanadilar.
Marhumning biron turdagi pensiya olayotgan oila a’zolari, agar marhumning yordami ular
uchun doimiy va asosiy kun kechirish mablag‘ining manbai hisoblangan bo‘lsa — boquvchisini
yo‘qotganlik pensiyasiga o‘tish huquqiga egadirlar.
21-modda. Boquvchining pensiya olish huquqini beruvchi ish staji
Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida vafot etgan
boquvchining oilasiga, shuningdek marhum pensionerning oilasiga pensiya boquvchining ish
stajidan qat’i nazar tayinlanadi.
Basharti, boquvchi vafot etgan kunga qadar unga nogironlik pensiyasi tayinlanishi uchun
zarur ish stajiga ega bo‘lgan (
17-modda
) bo‘lsa, umumiy kasallik yoki ish bilan bog‘liq bo‘lmagan
mayiblanish oqibatida vafot etgan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanadi.
Boshqa mamlakatlardan ko‘chib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining oilalariga,
basharti, boquvchi O‘zbekiston Respublikasida ishlamagan bo‘lsa, pensiyalar quyidagi hollarda
tayinlanadi:
a) boshqa mamlakatlarda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olgan oilalarga —
boquvchisining ish stajidan qat’i nazar;
b) pensiya olmagan oilalarga — basharti, boquvchi ishlash to‘xtatilgan kunga qadar tegishli
stajga ega bo‘lgan (
17-modda
) bo‘lsa, mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik
oqibatida vafot etgan taqdirda esa — boquvchining ish stajidan qat’i nazar.
22-modda. Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiya
Oldingi
tahrirga qarang.
Umumiy kasallik oqibatida vafot etgan hamda nogironlik pensiyasini tayinlash uchun
yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan (
17-modda
) boquvchisini yo‘qotgan oila a’zolariga pensiya
boquvchining bor stajiga mutanosib ravishdagi miqdorda (
29-modda
) tayinlanadi.
(22-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-272-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |