Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘G‘risida
-modda. Ish staji uchun pensiyalarning oshirilishi
Download 315.68 Kb. Pdf ko'rish
|
938-XII-сон 03.09.1993. Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida
27-modda. Ish staji uchun pensiyalarning oshirilishi
Oldingi tahrirga qarang. Pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir to‘liq yili uchun ( 37—40- moddalar ) pensiyalarning tayanch miqdorlari ( 26-modda ) quyidagicha oshiriladi: (27-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-272-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda) a) yoshga doir pensiyalar — pensiyani hisoblab chiqarish uchun ( 31 va 33-moddalar ) olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 1 foizi miqdorida; Oldingi tahrirga qarang. b) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik pensiyalari — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 1 foizi miqdorida; (27-moddaning birinchi qismi “b” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son) Oldingi tahrirga qarang. (27-modda birinchi qismining “v” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi O‘RQ- 272-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda) Oldingi tahrirga qarang. g) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari oilaning mehnatga qobiliyatsiz har bir a’zosi uchun — boquvchining pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 0,5 foizi miqdorida oshiriladi. (27-modda birinchi qismining “g” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktabrdagi O‘RQ- 795-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 03/22/795/0963-son) Oldingi tahrirga qarang. Otasidan ham, onasidan ham judo bo‘lgan (chin yetim) bolalarga tayinlanadigan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini oshirish ota va ona ish haqlarining umumiy miqdoridan kelib chiqib, pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n ikki barobari miqdori doirasida amalga oshiriladi. (27-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-791-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.09.2022-y., 03/22/791/0832-son — 2023-yil 1- yanvardan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. (27-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi 364-II-son Qonuni bilan chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 74-modda) Download 315.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling