Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘G‘risida


-modda. Yangi nikohdan o‘tilganida pensiyani saqlab qolish


Download 315.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/31
Sana09.04.2023
Hajmi315.68 Kb.
#1346718
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
Bog'liq
938-XII-сон 03.09.1993. Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida

23-modda. Yangi nikohdan o‘tilganida pensiyani saqlab qolish
Er (xotin)ning vafot etganligi sababli tayinlangan pensiya pensioner yangi nikohdan o‘tganida
ham saqlanib qoladi.
24-modda. Boquvchining oila a’zolariga pensiyadan ulush ajratib berish
Oilaning pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan barcha a’zolariga bitta umumiy pensiya
tayinlanadi.
Oila a’zosining talabi bilan uning pensiyadagi ulushi ajratilib, alohida to‘lanadi.
Pensiyadan ulush ajratib berish pensiyani bo‘lish to‘g‘risida ariza tushgan oydan keyingi
oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.
V BOB. PENSIYALARNI VA ISh HAQINI HISOBLAB ChIQISh TARTIBI
25-modda. Pensiya miqdori
Pensiya miqdori ish stajining muddatiga bog‘liq bo‘lib, quyidagilardan tarkib topadi:
pensiyaning tayanch miqdoridan;
ish staji uchun pensiyaning oshirilishidan;
pensiyaga qo‘shiladigan ustama haqlardan.


26-modda. Pensiyalarning tayanch miqdorlari
Ushbu Qonun bilan pensiyalarning quyidagi tayanch miqdorlari belgilanadi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
a) yoshga doir pensiya uchun — pensiyani hisoblab chiqarish uchun (
31
va 
33-moddalar
)
olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 55 foizi, lekin rasmiy belgilangan yoshga doir eng kam
pensiyaning kamida 100 foizi miqdorida;
(26-moddaning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
b) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik pensiyasi uchun — pensiyani
hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 55 foizi, lekin yoshga doir eng kam
pensiyaning kamida 100 foizi miqdorida;
(26-moddaning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(26-moddaning “v” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-272-sonli 
Qonuni
bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
g) oilaning mehnatga layoqatsiz har bir a’zosiga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun —
pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi, lekin yoshga doir
eng kam pensiyaning kamida 50 foizi miqdorida;
(26-moddaning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
d) ota-onasidan judo bo‘lgan (chin yetim) bolalarga yoki vafot etgan yolg‘iz onaning
bolalariga, har bir bolaga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblab chiqarish
uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi, lekin yoshga doir eng kam pensiyaning
kamida 100 foizi miqdorida.
(26-moddaning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)

Download 315.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling