d) patologoanatomiya muassasalari va sud-tibbiy ekspertiza
muassasalarining tibbiy
xodimlaridan
ayrim toifalarining
ishi — bir yarim hissa barobarida;
e) asossiz ravishda jinoiy javobgarlikka tortilgan, asossiz ravishda qatag‘on
qilingan va
keyinchalik oqlangan fuqarolarning qamoqda bo‘lish va hibsda saqlash joylarida turgan vaqti — bir
yarim hissa barobarida.
39-modda. Ayrim toifadagi fuqarolar stajini hisoblab chiqarishning o‘ziga xos
xususiyatlari
Sanoatning mavsumiy tarmoqlariga oid korxonalar va tashkilotlarda band bo‘lgan
xodimlarning to‘liq mavsum mobaynidagi ishi bir yil ishlagan deb, to‘liq
mavsum davomida
ishlamagan bo‘lsa, haqiqiy ishlagan davri hisobga olinadi.
Imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya olish huquqini beradigan erosti ishlari stajini hisoblab
chiqishda (10-moddaning
“a” — “b” bandlari
va 11-moddaning
“a” bandi
)
ana shu ishda orttirilgan
mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida nogironlikda bo‘lgan vaqti ushbu Qonun 38-
moddasining
“v” bandida
belgilangan qoidalar qo‘llanmasdan ko‘rsatib o‘tilgan stajga qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: