Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘G‘risida


-modda. Ish haqiga mintaqaviy koeffitsiyentlar belgilangan hududlarda yashovchi


Download 315.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/31
Sana09.04.2023
Hajmi315.68 Kb.
#1346718
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
Bog'liq
938-XII-сон 03.09.1993. Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida

33-modda. Ish haqiga mintaqaviy koeffitsiyentlar belgilangan hududlarda yashovchi
shaxslarning ish haqini hisoblab chiqish
Ishlovchilarning ish haqiga mintaqaviy koeffitsiyent belgilangan hududlarda yashovchi
shaxslar va oilalarga pensiya tayinlashda mintaqaviy koeffitsiyent e’tiborga olingan holda hisoblab
chiqilgan amaldagi ish haqi hisobga olinadi.
34-modda. Pensionerlarning oilalariga pensiyalarni hisoblab chiqarish
Pensionerlarning 
oilalariga 
boquvchisini 
yo‘qotganlik 
pensiyalari 
pensionerning
(boquvchining) o‘z pensiyasi qaysi ish haqidan hisoblab chiqarilgan bo‘lsa, o‘sha ish haqidan
hisoblab chiqariladi.
35-modda. Boshqa davlatlardan ko‘chib kelgan fuqarolarga pensiyalar hisoblab chiqarish
Boshqa davlatlardan ko‘chib kelgan, O‘zbekiston Respublikasida ishlamagan fuqarolarga
pensiyalar O‘zbekistondagi tegishli kasb hamda malakadagi xodimlarning pensiya tayinlanayotgan
vaqtdagi o‘rtacha oylik ish haqiga asoslangan holda hisoblab chiqariladi.


Basharti, bunday kasb hamda malakalar respublikada bo‘lmasa, o‘rtacha oylik ish haqini
aniqlash tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab beradi.
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori bilan
tasdiqlangan O‘rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish 
tartibiga 
qarang.
36-modda. Chet elda ishlangan davr uchun ish haqini hisoblab chiqarish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Chet elda yollanib ishlagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining pensiyasini hisoblab
chiqarish uchun olinadigan ish haqi quyidagicha aniqlanadi, bundan ushbu moddaning 
ikkinchi
qismida 
nazarda tutilgan hollar mustasno:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallarining
miqdoridan;
Oldingi
 tahrirga qarang.
2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — to‘langan yagona
ijtimoiy to‘lov miqdoridan;
(36-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 9-
noyabrdagi O‘RQ-646-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y.,
03/20/646/1488-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
2020-yil 1-yanvardan — to‘langan ijtimoiy soliq miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
(36-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi O‘RQ-646-sonli
Qonuniga 
asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari,
shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo
tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarga pensiyani hisoblab
chiqarish uchun ish haqini aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi.
(36-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-sonli 
Qonuniga 
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)

Download 315.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling