Basharti, bunday kasb hamda malakalar respublikada bo‘lmasa, o‘rtacha
oylik ish haqini
aniqlash tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab beradi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori bilan
tasdiqlangan O‘rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish
tartibiga
qarang.
36-modda. Chet elda ishlangan davr uchun ish haqini hisoblab chiqarish
Oldingi
tahrirga qarang.
Chet elda yollanib ishlagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining
pensiyasini hisoblab
chiqarish uchun olinadigan ish haqi quyidagicha aniqlanadi,
bundan ushbu moddaning
ikkinchi
qismida
nazarda tutilgan hollar mustasno:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallarining
miqdoridan;
Oldingi
tahrirga qarang.
2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — to‘langan
yagona
ijtimoiy to‘lov miqdoridan;
(36-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 9-
noyabrdagi O‘RQ-646-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y.,
03/20/646/1488-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
2020-yil 1-yanvardan — to‘langan ijtimoiy soliq miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
(36-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi O‘RQ-646-sonli
Qonuniga
asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari,
shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo
tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarga pensiyani hisoblab
chiqarish uchun ish haqini aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi.
(36-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-sonli
Qonuniga
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: