Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘G‘risida


VI BOB. ISh STAJINI HISOBLAB ChIQARISh


Download 315.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/31
Sana09.04.2023
Hajmi315.68 Kb.
#1346718
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31
Bog'liq
938-XII-сон 03.09.1993. Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida

VI BOB. ISh STAJINI HISOBLAB ChIQARISh
37-modda. Ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlari
Quyidagilar ish stajiga qo‘shib hisoblanadi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
a) 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — faoliyat turi, mulk va xo‘jalik yuritish
shakllaridan qat’i nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urtalangan holda bajargan har
qanday ish, agar u O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya
jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan bo‘lsa;
Oldingi
 tahrirga qarang.
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — xodim tomonidan bajarilgan har qanday ish,
basharti mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar hisoblangan bo‘lsa, shuningdek jismoniy
shaxsning 2021-yil 1-iyundan keyingi ishlamagan davri uchun uning eri (xotini) mehnatga haq
to‘lash tarzidagi o‘z daromadlaridan ixtiyoriy asosda ijtimoiy soliq to‘lagan davr;
(37-modda birinchi qismi “a” bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-
oktabrdagi O‘RQ-726-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y.,
03/21/726/1001-son)
1965-yildan keyingi davr uchun jamoa xo‘jaligidagi ish stajini hisoblab chiqarishda, agar jamoa
xo‘jaligi a’zosi uzrsiz sabablarga ko‘ra jamoa xo‘jaligida belgilangan mehnatda ishtirok etish
minimumini bajarmagan bo‘lsa, ishlangan vaqtning amalda davom etgan davri hisobga olinadi.


Ijodiy faoliyat bilan mashg‘ul xodimlarning ish stajini, basharti ular O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan
bo‘lsalar, ijodiy uyushmalarning boshqaruvlari ana shu muallifning asari e’lon qilingan yoki birinchi
marta jamoat oldida ijro yoki namoyish etilgan kundan e’tiboran belgilaydilar;
(37-modda birinchi qismining “a” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-
254-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
b) harbiy xizmat va partizan otryadlari hamda qo‘shilmalarida bo‘lish, davlat xavfsizligi
organlarida, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida va ichki ishlar organlarida xizmat qilish;
(37-modda birinchi qismining “b” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-
726-sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
v) idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, harbiylashtirilgan soqchilikdagi, maxsus aloqa organlari
va tog‘-kon-qutqaruv qismlaridagi xizmat;
Oldingi
 tahrirga qarang.
g) yakka tartibdagi mehnat va oilaviy tadbirkorlik faoliyati, shu jumladan shaxsiy yordamchi
xo‘jalikdagi va yuridik shaxs tashkil etilmagan holdagi dehqon xo‘jaligidagi faoliyat:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan taqdirda;
Oldingi
 tahrirga qarang.
2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — yagona ijtimoiy to‘lov
to‘langan taqdirda;
(37-modda birinchi qismi “g” bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 9-
noyabrdagi O‘RQ-646-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y.,
03/20/646/1488-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
2020-yil 1-yanvardan — ijtimoiy soliq to‘langan taqdirda.
(37-modda birinchi qismining “g” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi O‘RQ-
646-sonli 
Qonuniga 
asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy
bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
d) I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga yoki 18 yoshgacha bo‘lgan, nogironligi bor bolaga,
shuningdek (davolash muassasasining xulosasiga ko‘ra) o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan
80 yoshga to‘lgan qariyalarga qarab turilgan vaqt;
(37-modda birinchi qismining “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi
O‘RQ-752-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 03/22/752/0113-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
e) oliy ta’lim muassasalarida, aspiranturada, stajor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutida, katta
ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida, tayanch doktoranturada, doktoranturada va klinik
ordinaturada kunduzgi o‘qish, shu jumladan chet elda o‘qish;
(37-moddaning birinchi qismi “e” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
j) bola 3 yoshga to‘lguncha bolani parvarishlash ta’tillarida bo‘lish vaqti, lekin hammasini
jamlaganda ko‘pi bilan 6 yil;
(37-modda birinchi qismining “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi
O‘RQ-752-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 03/22/752/0113-son)
z) ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarning, praporshchiklarning, michmanlarning va
muddatdan tashqari xizmat harbiy xizmatchilarining xotinlari, ularni ishga joylashtirish imkoniyati
bo‘lmagan joylarda erlari bilan yashagan vaqt, lekin 10 yildan oshmagan davr;
Oldingi
 tahrirga qarang.
i) O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari
xodimlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro
hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning
xotini (eri) chet elda bo‘lgan, lekin 10 yildan oshmagan davr;


(37-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-sonli
Qonuniga 
asosan “i” kichik band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(37-modda birinchi qismining “k” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-
272-sonli 
Qonuni
 bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
k) ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning jazoni ijro etish muassasalarida
jazoni o‘tash davrida bajaradigan har qanday ishi, agar ushbu ish bajarilgan davr uchun jazoni ijro
etish muassasasi tomonidan ijtimoiy soliq to‘langan bo‘lsa.
(37-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 15-fevraldagi O‘RQ-817-sonli
Qonuniga
asosan “k” band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2023-y.,
03/23/817/0091-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Mazkur moddaning 
“d” — “i” bandlarida 
nazarda tutilgan davrlar ushbu moddaning 
“a” — “g”
bandlarida 
ko‘rsatib o‘tilgan umumiy ish staji kamida 7 yil bo‘lgan taqdirda ish stajiga qo‘shib
hisoblanadi.
(37-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilgan fuqarolar stajiga 
“d” — “i” bandlarda
 nazarda tutilgan
davrlar ushbu moddaning 
“a” — “g” bandlarida 
ko‘rsatib o‘tilgan staj muddatidan qat’i nazar
qo‘shiladi.
(37-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida I va II guruh nogironligida bo‘lingan vaqt
yoshga doir yoki boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanayotganida stajga qo‘shib hisoblanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qo‘shib
hisoblanadi.
(37-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktabrdagi O‘RQ-795-sonli 
Qonuniga 
asosan
beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 03/22/795/0963-son
— 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Yoshga doir pensiya tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt pensiyani hisoblab chiqarish
uchun stajga qo‘shib hisoblanmaydi.
Ota-onasidan judo bo‘lgan (chin yetim) bolalarga tayinlanadigan boquvchisini yo‘qotganlik
pensiyalarini hisoblab chiqarish ham ota, ham onaning umumiy ish stajiga qarab, ushbu
Qonunning 27-moddasi 
“g” bandida
ko‘rsatib o‘tilgan miqdorlarda amalga oshiriladi.

Download 315.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling