Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘G‘risida


-modda. Ustama haqlarni hisoblab chiqarish shartlari


Download 315.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/31
Sana09.04.2023
Hajmi315.68 Kb.
#1346718
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31
Bog'liq
938-XII-сон 03.09.1993. Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida

30-modda. Ustama haqlarni hisoblab chiqarish shartlari
Ustama haqlar tayinlanayotgan pensiyaning turidan qat’i nazar qo‘shib hisoblanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Pensiya so‘rab murojaat etgan kishilarga ushbu Qonunning 28-moddaning 
“a”
yoki 
“b”
bandlarida
nazarda tutilgan ustama haq bilan bir paytda shu moddaning 
“i” — “m” bandlarida
ko‘rsatilgan ustama haqlardan biri qo‘shib hisoblanadi.
(30-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktabrdagi O‘RQ-795-sonli
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 03/22/795/0963-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Pensiya so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha ushbu Qonunning 28-moddasi 
“g”
,
“d”
yoki 
“e” bandlarida
nazarda tutilgan ustama haq bilan bir paytda shu moddaning 
“j” — “m”
bandlarida 
ko‘rsatilgan ustama haqlardan biri qo‘shib hisoblanadi.
(30-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktabrdagi O‘RQ-795-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 03/22/795/0963-son)
31-modda. O‘rtacha oylik ish haqini aniqlashning umumiy tartibi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Pensiyani hisoblab chiqarish uchun, ishdagi mavjud tanaffuslardan qat’i nazar, oxirgi o‘n yillik
mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yildagi (pensiya so‘rab murojaat etgan
kishining tanlovi bo‘yicha) ish haqi olinadi.
Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqi o‘tgan yillardagi ish haqlarini pensiya
tayinlanadigan kundagi ish haqi darajasiga keltirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda qayta hisoblanadi.
Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqi ketma-ket ishlangan
oltmish kalendar oylar uchun qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini oltmishga bo‘lish
yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda pensiya so‘rab murojaat etgan kishining xohishiga ko‘ra, ishga qabul
qilish yoki mehnat shartnomasini bekor qilish munosabati bilan ish kunlari soni to‘liq bo‘lmagan
oylar to‘liq ishlangan kalendar oylar sifatida hisobga olinadi.
Pensiya so‘rab murojaat etgan kishi besh yildan kam ishlagan hollarda pensiyani hisoblab
chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqi ishlangan kalendar oylar uchun qayta
hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini shu oylar soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Mavsumiy ishlarda band bo‘lgan xodimlarga pensiyalar tayinlashda pensiyani hisoblab
chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqi, ishdagi mavjud tanaffuslardan qat’i nazar,
mehnat faoliyatining oxirgi o‘n yili davomidagi istalgan ketma-ket besh mavsumdagi (pensiya
so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha) qayta hisoblangan ish haqining umumiy
miqdorini oltmishga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi
(31-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Pensiyani hisob-kitob qilish uchun pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n ikki
baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi o‘rtacha oylik ish haqi olinadi.
(31-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-791-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.09.2022-y., 03/22/791/0832-son — 2023-yil 1-
yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqi pensiyani hisoblashning
bazaviy miqdoridan oz bo‘lgan yoki ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar umuman mavjud bo‘lmagan
hollarda pensiya pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab
chiqariladi.
(31-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)



Download 315.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling