Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘G‘risida


-modda. Pensiyalar tayinlash muddatlari


Download 315.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/31
Sana09.04.2023
Hajmi315.68 Kb.
#1346718
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
Bog'liq
938-XII-сон 03.09.1993. Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida

47-modda. Pensiyalar tayinlash muddatlari
Pensiyalar:
Oldingi
 tahrirga qarang.
a) yoshga doir pensiya — agar pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab oltmish
kun ichida uni so‘rab murojaat etilgan bo‘lsa, pensiya yoshiga to‘lgan kundan e’tiboran tayinlanadi.
Ushbu pensiya umrbod tayinlanadi;
(47-moddaning birinchi qismi “a” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-
417-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
b) nogironlik pensiyasi — agar nogironlik belgilangan kundan e’tiboran oltmish kundan
kechiktirmay pensiya so‘rab murojaat etilgan bo‘lsa, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari
nogironlikni belgilagan kundan e’tiboran tayinlanadi. Ushbu pensiya butun nogironlik davri uchun
tayinlanadi. Nogironligi bo‘lgan 60 yoshdan oshgan erkaklarga va 55 yoshdan oshgan ayollarga —
nogironlik pensiyalari umrbod tayinlanadi. Ushbu nogironligi bo‘lgan shaxslarni qayta tibbiy
ko‘rikdan o‘tkazish faqat ularning arizasiga binoan amalga oshiriladi;
(47-moddaning birinchi qismi “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi
O‘RQ-770-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-
son)
v) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi — pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab,
lekin pensiya tayinlanishi uchun murojaat etishdan oldingi 6 oydan oshmagan muddatdan
e’tiboran tayinlanadi. Pensiya ushbu Qonunning 
19-moddasiga
muvofiq marhumning oila a’zosi
mehnatga qobiliyatsiz deb hisoblangan butun davr uchun, oilaning: erkaklar — 60 yoshga, ayollar
— 55 yoshga to‘lgan a’zolari uchun esa — umrbod tayinlanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda karantinli va inson uchun xavfli
bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi va tarqalishi munosabati bilan cheklovchi choralar
(karantin) joriy etilganda, agar fuqarolar cheklovchi choralar (karantin) davrida yoki ular
tugatilgandan keyin pensiya tayinlashni so‘rab bir oy ichida murojaat qilgan bo‘lsa, ularga pensiya
uni olish huquqi yuzaga kelgan kundan e’tiboran tayinlanadi.
(47-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi O‘RQ-752-sonli 
Qonuniga 
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 03/22/752/0113-son)
Boshqa barcha hollarda pensiya murojaat etilgan kundan e’tiboran tayinlanadi.
Bir pensiyadan boshqasiga o‘tkazish pensioner tegishli ariza va barcha zarur hujjatlar bilan
murojaat etgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan e’tiboran amalga oshiriladi.

Download 315.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling