Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘G‘risida


-modda. Pensiyalar to‘lash uchun ajratiladigan mablag‘lar


Download 315.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/31
Sana09.04.2023
Hajmi315.68 Kb.
#1346718
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
938-XII-сон 03.09.1993. Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida

66-modda. Pensiyalar to‘lash uchun ajratiladigan mablag‘lar
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu Qonunga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga
oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya
jamg‘armasini shakllantirish tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi.
Pensiyalarni to‘lash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari
Pensiya jamg‘armasiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan transfertlar ajratilishi mumkin.
(66-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi O‘RQ-752-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 03/22/752/0113-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-son qarori bilan
tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya
jamg‘armasi to‘g‘risida”gi 
Nizom
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlar:
boquvchisini yo‘qotganlik uchun, shuningdek xodimning mehnat vazifalarini bajarishi bilan
bog‘liq holda mehnatda mayiblanganligi yoki kasb kasalligiga uchraganligi oqibatidagi nogironlik
uchun;
xodim ushbu Qonunning 
7-moddasida
nazarda tutilgan pensiya yoshiga to‘lguniga qadar
mazkur Qonun 12-moddasining “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to‘lash
xarajatlarining o‘rnini qoplovchi pulni ish haqi to‘lashga mo‘ljallangan mablag‘lar hisobidan
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga
o‘tkazadi.
 LexUZ sharhi
66-moddaning ikkinchi qismining qoidalari 2016-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi. Qarang:
O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-272-sonli Qonunining 4-moddasining 
ikkinchi
xatboshi
.
(66-moddaning ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-
dekabrdagi O‘RQ-272-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.


Pensioner ushbu Qonunning 
7-moddasida
nazarda tutilgan yoshga to‘lguniga qadar ushbu
Qonunning 
14-moddasiga
muvofiq tayinlangan pensiyalarni to‘lash O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratiladigan O‘zbekiston
Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(66-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-791-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.09.2022-y., 03/22/791/0832-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.

Download 315.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling