Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘G‘risida


-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketgan fuqarolarga pensiyalar


Download 315.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/31
Sana09.04.2023
Hajmi315.68 Kb.
#1346718
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
938-XII-сон 03.09.1993. Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida

64-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketgan fuqarolarga pensiyalar
to‘lash
Oldingi
 tahrirga qarang.
Chet elga doimiy yashash uchun chiqib ketishdan oldinroq tayinlangan pensiyalar
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining
tuman (shahar) bo‘limiga chiqib ketish to‘g‘risida ariza berilgan kundagi holatga ko‘ra pensiya
miqdori hisobidan chet elga chiqib ketish oldidan 6 oy avval to‘lanadi.
(64-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bu fuqarolarning chet elda bo‘lgan vaqti uchun, mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi
oqibatida tayinlangan pensiyalargina to‘lanadi.
(64-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 5-yanvardagi O‘RQ-318-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 1-son, 4-modda)
65-modda. Pensiyalardan chegirmalar
Pensiyalardan chegirmalar:
Oldingi
 tahrirga qarang.
a) sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari va hukmlari (mulkiy undirishlar borasida),
notarial idoralarning ijro varaqalari hamda O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq
ijrosi sud hal qiluv qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladigan boshqa hal
qiluv qarorlari va qarorlar asosida;
(65-modda birinchi qismining “a” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi
Qonunining 
7-bobi
(64 — 70-moddalar)ga qarang. (“Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan
to‘lovlarga nisbatan undiruv”).
Oldingi
 tahrirga qarang.
b) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya
jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining qaroriga binoan — pensionerga uning tomonidan qilingan
suiiste’molliklar oqibatida (qasddan noto‘g‘ri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yo‘qotganlik
pensiyasi tayinlangan oila a’zolari tarkibidagi o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar taqdim etmaslik
natijasida) yoxud hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato oqibatida pensiya miqdoridan ortiqcha
pullar to‘langan taqdirda qilinishi mumkin.
(65-modda birinchi qismining “b” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-
254-sonli
 Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tekshirish (o‘rganish) o‘tkazish boshlangan sanadan avvalgi uch yil va undan ortiq davrda
tayinlangan va (yoki) qo‘shimcha taqdim etilgan hujjatlarga binoan qayta hisoblangan


pensiyalarning tekshirilishiga (o‘rganilishiga) hamda ular bo‘yicha to‘langan ortiqcha
summalarning ushlab qolinishiga (undirilishiga) yo‘l qo‘yilmaydi.
(65-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli 
Qonuniga
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Pensioner O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya
jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining pensiyadan ortiqcha to‘langan summalarni ushlab qolish
to‘g‘risidagi qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, aniqlangan qarzdorlik sud tartibida undiriladi.
(65-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
Pensiyalardan yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidan tashqari boshqa hech qanday chegirmalar qilish
mumkin emas.
Pensiyadan chegirmalar qilish miqdori pensionerga to‘lanishi lozim bo‘lgan puldan hisoblab
chiqariladi.
Har oylik chegirmalar miqdori pensiyaning 50 foizidan oshishi mumkin emas.
Ortiqcha to‘langan pensiya puli bo‘yicha qarzdorlik to‘liq uzilgunga qadar pensiya to‘lash
to‘xtatilgan hollarda (masalan, mehnat qobiliyati tiklanganligi tufayli) qolgan qarz sud tartibida
undiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlardan chegirma qilish tartibi to‘g‘risida”gi 
yo‘riqnoma
(ro‘yxat raqami 2835, 26.10.2016-y.).

Download 315.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling