Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘G‘risida


-modda. Mehnat qobiliyati tiklanganda pensiyalarni to‘lash muddati


Download 315.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/31
Sana09.04.2023
Hajmi315.68 Kb.
#1346718
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
Bog'liq
938-XII-сон 03.09.1993. Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida

54-modda. Mehnat qobiliyati tiklanganda pensiyalarni to‘lash muddati
Qayta ko‘rikdan o‘tkazilgan shaxs mehnatga qobiliyatli deb tan olingan taqdirda pensiya uni
mehnatga qobiliyatli deb topilgan oyning oxirigacha, lekin nogironlik belgilab qo‘yilgan kungacha
bo‘lgan muddatga to‘lanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
55-modda. Nogironlik davrida tanaffuslar bo‘lganda pensiya to‘lashni qayta tiklash
shartlari
Agar nogironligi bo‘lgan shaxs uzrsiz sababga ko‘ra belgilangan muddatda qayta ko‘rikdan
o‘tish uchun tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga bormagan bo‘lsa, unga pensiya to‘lash to‘xtatib
turiladi, u yana nogironligi bo‘lgan shaxs deb tan olingan taqdirda esa to‘xtatib turilgan kundan
e’tiboran, lekin ko‘pi bilan bir oy oldin pensiyani to‘lash qayta tiklanadi.
Qayta ko‘rikdan o‘tish muddati uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilganda, agar tibbiy-ijtimoiy
ekspert komissiyasi uni ana shu davrda nogironligi bo‘lgan shaxs deb topsa, pensiya to‘lash to‘lov
to‘xtatib turilgan kundan e’tiboran to qayta ko‘rikdan o‘tish kunigacha, lekin ko‘pi bilan uch yil
uchun amalga oshiriladi. Bunda, agar nogironligi bo‘lgan shaxs qayta ko‘rikdan o‘tkazish chog‘ida
nogironlikning boshqa guruhiga (yuqori yoki past guruhga) o‘tkazilgan bo‘lsa, pensiya ko‘rsatib
o‘tilgan vaqt uchun avvalgi guruh bo‘yicha to‘lanadi.
Agar umumiy kasallik oqibatida mehnat qobiliyatini yo‘qotgan nogironligi bo‘lgan shaxsga
mehnat qobiliyati tiklanganligi sababli pensiya to‘lash to‘xtatilgan yoki u qayta ko‘rikdan o‘tish
uchun uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmaganligi oqibatida to‘xtatib turilgan bo‘lsa, keyinchalik u yana
nogironligi bo‘lgan shaxs deb tan olingan taqdirda, basharti pensiyani to‘lash to‘xtatilganidan keyin
besh yildan ortiq vaqt o‘tmagan bo‘lsa, ilgari tayinlangan pensiyani to‘lash nogironlik belgilangan
kundan e’tiboran yangitdan qayta tiklanadi. Agar besh yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa, pensiya
umumiy asoslarda yangitdan tayinlanadi.
(55-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)

Download 315.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling