Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘G‘risida


-modda. Pensiya tayinlovchi organlar


Download 315.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/31
Sana09.04.2023
Hajmi315.68 Kb.
#1346718
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
Bog'liq
938-XII-сон 03.09.1993. Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida

44-modda. Pensiya tayinlovchi organlar
Oldingi
 tahrirga qarang.
Pensiyalarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya
jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tayinlaydi.
(44-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254-sonli 
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
45-modda. Pensiya tayinlash to‘g‘risidagi hujjatlarni qarab chiqish muddatlari
Pensiya tayinlash to‘g‘risidagi hujjatlar ular tushgan kundan e’tiboran 10 kundan
kechiktirmasdan qarab chiqiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Pensiya tayinlash rad etilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi
budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tegishli qaror chiqarilganidan keyin besh kun
ichida korxona, tashkilot yoki arizachiga pensiya tayinlash rad etilgani haqida rad etish sabablari va


shikoyat berish tartibi ko‘rsatilgan xabarnomani beradi yoki jo‘natadi hamda ayni chog‘da barcha
hujjatlarni qaytaradi.
(45-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
46-modda. Pensiya uchun murojaat etilgan kun
Taqdimnoma yoki ariza barcha zarur hujjatlar bilan qabul qilib olingan kun pensiya uchun
murojaat etilgan kun deb hisoblanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Taqdimnomaga yoki arizaga barcha zarur hujjatlar ilova qilinmagan hollarda O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi korxona,
tashkilot ma’muriyatiga yoki arizachiga qo‘shimcha ravishda qaysi hujjatlar taqdim etilishi kerakligi
haqida xabar qiladi. Basharti, ular qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilishi zarurligi haqidagi xabarnoma
olingan kundan e’tiboran uch oy ichida taqdim etilsa, unda pensiya tayinlanishi to‘g‘risidagi
taqdimnoma yoki ariza qabul qilingan kun pensiya tayinlanishi uchun murojaat etilgan kun deb
hisoblanadi.
(46-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)

Download 315.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling