TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETIDA
2023-YIL UCHUN TAYANCH DOKTORANTURAGA XORIJIY TILLAR FANIDAN KIRISH IMTIHONI QABUL QILISH
DASTURI
1. Tayanch doktoranturada o‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til) bo‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar.
2.Kirish imtihonlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli qarorining 2-ilova bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom” asosida tashkil etiladi.
3. Imtihonning maqsadi til va muloqot vakolatlarini, nutqni o‘zlashtirish darajasini aniqlash, ko‘nikmalar, o‘rganilayotgan tilda o‘z fikrini ifodalash va muloqot qilish qobiliyatini aniqlashdan iborat. Imtihon topshiriqlarida talabgorlarning nutq mahoratini, ularning ifoda etish qobiliyatini aniqlashga muhim o‘rin beriladi Xorijiy tildagi fikrlar, o‘qilgan yoki tinglangan materialni tushunish va suhbatdosh bilan muloqotda bo‘lish, chet tilidan kommunikativ maqsadlarda foydalana olishni namoyon qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
4. Kirish imtihoni biletiga 3ta savol kiritiladi:
Savol “Read and translate the text”. Ushbu savol bo‘yicha matn beriladi bu
matnni o‘qib tarjima qilinadi. Bu orqali talabgorni o‘qish (reading) va translation (tarjima) maxorati tekshiriladi.
Savol “Speak on the given topic….”. Bu savol bo‘yicha berilgan mavzu
bo‘yicha ma’lumotlar gapirib beriladi. Bu orqali talabgorni gapirish (speaking) maxorati tekshiriladi.
Savol “Speak about your scientific research”. Bu savolda talabgorlar
ilmiy tadqiqot ishlarini dolzarbligi, maqsadi,ilmiy yangiliklari va vazifalarini batafsil yoritiladi.
3. Talabgorlarda IELTS (o‘rtacha balli kamida 5,5), TOEFL (RVT) (567 balldan kam bo‘lmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam bo‘lmagan), CEFR (V2 darajadan past bo‘lmagan) bo‘yicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud bo‘lganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |