“Sobiq “ mexanizator mavsum davomida qancha paxta terdi?


Download 47.5 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi47.5 Kb.
#265471
Bog'liq
6-sinflar uchun monitoring


6-sinf monitoring
1. “Sobiq “ mexanizator mavsum davomida qancha paxta terdi? A) 9 tonna B) 9,5 tonna C) 20 tonna D) 18,5 tonna
2. “Boshginam og’riydi “ qo’shig’ida qizning boshi “nima“ ga og’riydi? A) Do’ppiga B) Bo’yintumorga C) Tillaqoshga D) Isirg’aga

3. Mumtoz she`riyatning qaysi janri A.O`tar ijodida uchramaydi? A) murabba B) mustazod C) muxammas D) masnaviy
4. Navoiy “ Mahbub ul-qulib “ asarining 11- tanbihida “maqtanish uchun mol bermoq-o’zini ko’z- ko’z qilmoq va o’zini shunday “ saxiy demoq” ni nima deb ataydi? A) devonalik B) aqldan begonalik C) ahmoqlik D) behayolik bilan nom chiqarmoq
5. A.O`tar “Budur maqsudi qalbi notavonim”, deganda nimani nazarda tutgan edi? A) maktab ochishni B) til o`rganishni C) mazlumlar uchun o`lishni D) podshoning boshini olish
6. Musa Jalil ( 1906-1944 ) qaysi she’rida “pistolit xiyonat qilgani” ni aytib o’tadi? A) “Qushcha” B) “Ishonma” C) “Kechir,yurtim” D) “Oltin soch”
7. Gulxaniyning qaysi she’rida o’z davrining harbiy tartibi, navkarlar hayoti tasvirlangan?

A) “Barmog’im” B) “Ey,to’ti” C) “Lola ko’ksidek bag’rim” D) “Bideh”


8. Abay “Naqliya so`zlar”ning 37-so`zida g`ayratsiz jahl va shogirdsiz olimni tul (beva ayol)ga qiyoslaydi. Shu o`rinda u yana nimani tulga qiyoslaydi? A) orzusiz odamni B) qayg`usiz oshiqni C) yuraksiz g`ayratni D) ishqsiz odamni
9. Bahor keldi. Gul mavsumi boshlandi . Daraxtlarda gul , bolalarning do’ppilariga lolalar qistirilgan . Savatlarda gunafshalar. Bahor faslining zavqi boshqacha. Mazkur mikromatnda nechta ot turkumiga mansub so’z qo’llangan? A) 11 ta B) 13 ta C) 10 ta D) 12 ta
10. Bir asosdan tarkib topmagan otlar qanday ataladi? A) sodda otlar B) sodda tub otlar C) sodda yasama otlar D) qo‘shma otlar

11. Qanday otlar qarama-qarshi ma’noli asoslardan tashkil topishi mumkin? A) qo’shma otlar B) juft otlar C) takroriy otlar D) qo’shma va juft otlar
12. Qaysi hukm noto’g’ri ? A) juft ot qismlari hamisha chiziqcha bilan yoziladi B) takroriy ot qismlari hamisha chiziqcha bilan yoziladi C) qo‘shma ot qismlari hamisha qo’shib yoziladi D) otlar tuzilishiga ko’ra sodda , qo’shma , juft va takroriy otlarga bo’linadi
13. Qaysi javobda imloviy jihatdan xato yozilgan ot ko‘rsatilgan? A) Sog’liqni saqlash vazirligi B) O‘zbekiston Milliy universiteti C) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi D) Birlashgan Millatlar Tashkiloti
14. Qaysi gapda nisbatan ko’proq shaxs oti qo’llangan? A) Bittasi toshkentlik Yusufbek hojining o’g’li Otabek B) Bahor oxirlab qolayotgan kunlarda shahzoda Abdullatif qirq yigiti bilan ovga chiqdi C) Dehqonchilik sirini professorlar o’rgatgan emas bizga. Paxtakorning o’z kitobi bor . Bu kitob uning ko’kragida D) Men o’qimay turib ham , boshimda shu qalpoqcham bor ekan , albatta, agronom ham , injener ham , artist ham, shoir ham bo’la olaman.
15. Sodda tub otni belgilang. A) tulki B) turtki C) tepki D) sanchqi
Download 47.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling