Urganch davlat universitetining “Texnologik ta’lim” yo’nalishi
Download 0.55 Mb.
|
Botirova Nodira
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasb tanlashga yo’llashning psixologik mohiyati Kasb tanlashga yo’llashning maqsadi, vazifalari va asosiy tamoyillari
- Kasb tanlashga yo’llashning bosh maqsadi
- Kasb tanlash bo’yicha asosiy tamoyillar
Urganch davlat universitetining “Texnologik ta’lim” yo’nalishi 4-bosqich 192-guruh talabasi Botirova Nodiraning MUSTAQIL ISHI Mavzu: “Kasb-hunarga yo’naltirish ishlarining psixologik asoslari” REJA: 1
2
3
Kasb tanlashga yo’llashning psixologik mohiyati Kasb tanlashga yo’llashning maqsadi, vazifalari va asosiy tamoyillari Kasb tanlashga yo’llash - umuminsoniy madaniyatni shakllantirish jarayonining tarkibiy qismlaridan biri sifatida yosh avlodning kasbiy tiklanishi, tabiat in’om etgan (tug’ma) layoqatlarini rivojlantirishga ko’maklashish, insonga kasbiy o’zligini anglashiga yordam beruvchi maxsus chora-tadbirlar majmuasi bo’lib, uning imkoniyat va ehtiyojlarini xisobga olgan holda, bandlik va maqbul ta’lim urini tanlash ishlarida, turli xil malakali kasb mutaxassislariga bo’lgan ehtiyojlarda jamiyatning g’amxo’rligi sifatida namoyon bo’ladi. Kasb tanlashga yo’llashning bosh maqsadi o’ziga xos usullar yordamida mutaxassisning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini kuchaytirish va aholining samarali bandligini oshirishga erishishdan iborat. Kasb tanlashga yo’llashning asosiy maqsadi - yosh avlodni ongli va mustaqil ravishda ta’lim yunalishini tanlashiga yoki shaxsning psixofiziologik xususiyatlari, qiziqishi, qobiliyati, moyilliklari va jamiyatning kadrlarga bo’lgan extiyojidan kelib chiqqan holda mehnat qilish sohasini tanlashga tayyorlashdan iborat. Kasb tanlash bo’yicha asosiy tamoyillar kasb tanlashga yo’llash xizmatlarining majmuaviy xarakterdaligi; iqtisodiy rivojlanish va mehnat bozorini o’rganish va prognoz kilish orkali jamiyat va shaxs qiziqishlarini muvofiqlashtirish; shaxsni kasb tanlashga yo’llash va psixologik-pedagogik tashxis qilish shakli, uslublari va vositalarining ilmiy asoslanganligi; O’zbekiston fuqarolarining va (lozim bo’lganda) boshqa davlat fuqarolarining o’qish, ish joyi, yoshi, jinsi, millati va diniy dunyoqarashidan qat’iy nazar kasb tanlashga yo’llash xizmatlaridan foydalanishga teng xuquqligi; Kasb tanlash yoki almashtirish, ta’lim turi va ishga joylashish imkoniyatlariga nisbatan kasbiy va boshqa axborotlarning tushunarliligi; kasbiy tashxis va maslahat berishning ixtiyoriyligi; kasbiy tanlov, tashxis va maslahat xulosalarining ob’ektivligi, maxfiyligi va tavsiyaviy xarakterda ekanligi; kasb tanlashga yo’llash xizmatlari xodimlarining kasbiy axloq normalariga rioya etishligi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling