Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari


Download 33.73 Kb.
Sana16.05.2020
Hajmi33.73 Kb.
#106854
Bog'liq
konstitutsiyaviy huquq


2-казус

2014 йил август ойида Бекобод тумани ҳокими П.Акбаров шу туманда жойлашган “Кенагас” М.Ф.Й. раиси Н.Солиевни қабулига чақиртирди ва унга Вазирлар Маҳкамасининг ўтган йилдаги қарори ижросини таъминламагани учун танбеҳ бериб, унга нисбатан интизомий жазо қўллаши мумкинлигини таъкидлади. М.Ф.Й. раиси унинг бунга ҳаққи йўқлигини, ўзини ўзи бошқариш органлари ҳар қандай органдан мустақил эканлигини таъкидлади. М.Ф.Й. раиси Н.Солиев Бекобод тумани прокуратурасига шикоят аризасини ёзди. Туман прокуратураси бундай турдаги ишлар билан судга мурожаат қилиши лозимлигини таъкидлаб ўтди.



Савол:

Вазиятга ҳуқуқий баҳо беринг.

Ўзини ўзи бошқариш органларининг ҳуқуқий мақомини батафсил ёритиб беринг.

Yuqoridagi kazusni ishlashdan oldin ushbu terminlarga to’xtalib o’tsak. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari nima o’zi va qanday ishlarni amalga oshiradi. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari - fuqarolarning xalq hokimiyatini bevosita amalga oshirishi, davlat va jamiyat ishlarida toʻgʻridan toʻgʻri ishtirok etishi vositalaridan biri. Asosiy vazifasi fuqarolarni mahalliy ahamiyatga bogʻliq masalalarni hal qilishda mustaqil faoliyat olib borishini taʼminlashdir.

Fuqarolar yigʻini — fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarishining yuqori organi boʻlib, aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan tegishli hududda amal qiluvchi qarorlar qabul qilish huquqiga ega. Fuqarolar yigʻinida 18 yoshga toʻlgan hamda shaharcha, qishloq, ovul va mahalla hududida doimiy yashayotgan shaxslar qatnashadi. “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi yangi tahrirdagi qonunda shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yigʻini va shahardagi mahalla fuqarolar yigʻinining vakolatlari koʻrsatilgan. Fuqarolar yigʻinining qarorlarini bajarish va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining fuqarolar yigʻinlari oraliq davridagi joriy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli), uning maslahatchilari, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarning raislari va yigʻinning masʼul kotibidan iborat tarkibda fuqarolar yigʻinining kengashi tuziladi. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining faoliyatini tashkil etishni uning kengashi hamda fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) amalga oshiradi. Fuqarolar yigʻini kengashi oʻz devoniga ega boʻlishi mumkin, uning xodimlari soni yigʻin tomonidan belgilanadi. Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli), masʼul kotibi va kengash devoni xodimlari fuqarolar yigʻinining mablagʻlari hisobiga ham, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy byudjet mablagʻlari hisobiga ham taʼminlanishi mumkin. Taftish komissiyasi fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish uchun tuziladi. Maʼmuriy komissiya maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid oʻz vakolatlari doirasidagi ishlarni koʻrib chiqish uchun tuziladi.

Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida respublika oqsoqollar Kengashi, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish ishlari boʻyicha viloyat, tuman, shahar muvofiqlashtirish kengashlari tuzilishi mumkin. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asosi oʻz mablagʻlaridan, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan belgilangan tartibda ajratiladigan byudjet mablagʻlaridan, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayr ehsonlaridan, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablagʻlardan tashkil topadi

Ushbu kazus bevosita konstitutsiy sohasiga tegishli bo’lib, ushbu normativ-huquqiy hujjat orqali hal etiladi. Avvalo ushbu kazusdagi muammolarni aniqlab olsak:



Birinchidan, O’zini o’zi boshqarish organlari mahalliy davlat hokimyatlaridan qanchalik mustaqil. Bu haqida normativ huquqiy hujjatlar bormi?

Ikkinchidan, Bekobod tumani hokimi P.Akbarov M.F.Y raisi N.Soliyevni chaqirtirib, Vazirlar mahkamasining o’tgan yildagi qarori ijrosini ta’minlamagani uchun tanbeh berib, unga intizomiy jazo qo’llashi mumkinligini ta’kidlashi mumkinmi?

Uchinchidan, N.Soliyev tuman prokaraturasiga shikoyat arizasini yozdi, lekin tuman prokaraturasi bunday turdagi ishlar bilan sudga murojaat qilishi lozimligini aytdi. Bu ish tuman prokaraturasining vakolatiga kirmasligi haqida bironta normativ huquqiy hujjat bormi?

Endi bevosita yuqoridagi muammolarni birma-bir ko’rib chiqsak. Birinchi muammo – O’zini o’zi boshqarish organlarining mustqailligi haqida. O’zini o’zi boshqarish organlarining mustaqilligini ta’minlovchi konstitutsiymizdagi 105-moddasiga e’tibor qaratsak. Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular raisni (oqsoqolni) saylaydi.

O‘zini o‘zi boshqarish organlarini saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi1.

Konstitutsiymizning ushbu moddasi holatidan ko’rinib turibdiki, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari davlat organlari tizimidan ajratilgan va alohida turdagi hokimyatni amalga oshiruvchi organdir2.

Shunigdek, hokimiyat vakillik organlarining o’zini o’zi boshqarish organlari o’rtasidagi munosabatlar “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”|gi qonunning 4-moddasi bilan mustahkamlab qo’yilgan. Ushbu moddada bayon qilinishicha, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli hududda o‘zini o‘zi boshqarishni rivojlantirishga ko‘maklashadilar, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini yo‘naltirib turadilar.

Viloyat, tuman, shahar hokimi zarur bo‘lgan hollarda o‘z faoliyati to‘g‘risida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga hisobot taqdim etadi.

Demak, tuman hokimlari tegishli hududda o’zini o’zi boshqarishni rivojlantirishga ko’maklashadilar va o’zini o’zi boshqarish organlarining faoliyatini yo’naltirib turadilar ekan.

Endi bevosita yuqorida keltirilgan ikkinchi savolga o’tsak. Ikkinchi muammo bu – Tuman hokimi o’zini o’zi boshqarish organlarining ishiga aralasha olishi yoki aralasha olmasligi. “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi qonunning 7-moddasining ikkinchi bandida shunday deyilgan: Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va qonun bilan berilgan o‘z vakolatlarini tegishli hududda amalga oshiradi3. Bundan ko’rinib turibdiki, o’zini o’zi boshqarish organlarining ishiga mahalliy davlat hokimiyat organlari aralasha olmaydi. Tuman hokimida mahalla oqsaqoliga intizomiy jazo qo’llash uchun vakolat bormi? “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi qonunning 21-moddasi fuqarolar yig’inini raisining vakolatlarini mudatidan oldin tugatish haqida. Raisning (oqsoqolning) vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi:

U o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilganda;

Fuqarolar yig‘ini qaror qabul qilganda;

U belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;

Unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda.

Demak, tuman hokimi fuqarolar yig’inining oqsaqoliga nisbatan intizomiy jazo yoki uning vakolatini tugatishga haqli emas ekan. Shuningdek, bu harakat noqonuniy hisoblanadi. Shuningdek, “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”|gi qonunning 25-moddasida hokimning vakolatlari ko’rsatib o’tilgan. Unda intizomiy jazo qo’llashi mumkin bo’lgan holat – xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qilgan va chiqargan hujjatlarni bajarmaganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi, – deb bayon qilingan. Lekin o’zini o’zi boshqarish organlari oqsaqoliga intizomiy jazo berish vakolati ko’rsatib o’tilmagan.

Yuqoridagi kazusda aniqlab olingan uchinchi muammoli vaziyatga o’tsak. Ushbu vaziyatda tuman prokraturasi shikoyat arizasini qabul qilishi kerak, chunki “jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati to’g’risida”gi qonunning 21-moddasida murojaatlar ularda qo‘yilgan masalalarni hal etish o‘z vakolati doirasiga kiradigan davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxsiga bevosita yoxud bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga beriladi4 - deb belgilab qo’yilgan. Shuningdek, “Prokuratura to’g’risida”gi qonunning 7-moddasida quyidagicha bayon qilinadi: Prokuratura organlari fuqarolarning ariza va shikoyatlarini hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadilar, ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘radilar5. Demak, ushbu vaziyatda tuman prokraturasi shikoyat arizasini ko’rib chiqishi shart edi. Ushbu holatda ham qonun buzilishi holati ro’y bergan. Lekin boshqa tarafdan ushbu muammoli vaziyatda mahalla oqsaqoli tuman prokuraturasi aytganidek sudga murojaat qilishi ham mumkin edi. Sudga murojaat qilish huquqi “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi qonunning 28-moddasida mustahkamlab qo’yilgan.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati bilan bog‘liq nizolar sud tomonidan hal etiladi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ularning mansabdor shaxslari o‘zini o‘zi boshqarishni amalga oshirishga doir Fuqarolarning huquqlarini buzgan davlat organlari va boshqa organlarning, shuningdek mansabdor shaxslarning harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat qilishga haqlidir.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qarorlari, shuningdek ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.

Yuqoridagi barcha yechim, fikr va mulohazalarni xulosa qiladigan bo’lsak, ushbu muammoli vaziyatda tuman hokimi M.F.Y raisiga intizomiy jazo qo’llay olmasligi va bu xati-harakati noqonuniy ekanligini M.F.Y raisi tuman prokuraturasiga to’g’ri murojaat qilganligini ko’rish mumkin, biroq u ushbu holatda “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi qonunning 28-moddasiga binoan sudga murojaat qilishi kerakligini tuman prokuraturasi to’g’ri ta’kidlab o’tgan. Lekin tuman prokuraturasi “jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati to’g’risida”gi qonunning 21-moddasiga binoan ko’rib chiqishi ham mumkin edi. Bunday holatlarning oldini olish uchun mansabdor shaxslarning huquqiy ongi va madaniyatini shakillantirish uchun huquqiy targ’ibot olib borishi lozim.



Foydalanilgan adabiyotlar

Asosiy adabiyotlar:

1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;

2. Konstitutsiyaviy huquq O.T.Husanov. “Adolat” Toshkent 2013-yil;

3. “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi qonun;

4. “Prokuratura to’g’risida”gi qonun;

5. “jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati to’g’risida”gi qonun;

6. “Mahalliy davlat hokimiyatlari to’g’risida”gi qonun;

Internet manzillari:

1. Lex.uz;

2. norma.uz

3. uz.wikipedia.org



1 O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi Toshkent – “O’zbekiston” – 2018 60-b 105-modda

2 Konstitutsiyaviy huquq Toshkent – “Adolat” – 2013 442-b

3 Lex.uz “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi qonunning 21-moddasi

4 “jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati to’g’risida”gi qonunning 21- moddasi

5 “Prokuratura to’g’risida” gi qonunning 7-moddasi

Download 33.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling